Ушбу мақолада, банкларга замонавий технологияларни жорий этишнинг устувор вазифалари тадқиқ этилиб, бугунги кунда рақамли технологияларнинг тармоқларда кенг қўўлашда амалга оширилиши лозим бўлган бир неча устувор вазифалар ва босқичлар таҳлил этилган. Шунингдек, рақамли трансформациялаш жараёнида банк хизматларига рақамли технологияларни жорий этишнинг устувор йўналишлари ёритилган.
Ushbu maqolada fintex xizmatlarining global moliyaviy bozorlaridagi o‘rni, ularning rivojlanish tendensiyalari hamda xalqaro tajribalar asosida shakllanayotgan innovatsion yechimlar tahlil qilingan. Muallif fintex texnologiyalarining zamonaviy raqamli iqtisodiyotdagi o‘rni, ularning mintaqaviy xususiyatlari (Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo-Tinch okeani, LAMEA) va ilg‘or kompaniyalar (PayPal, Stripe, Revolut, Ant Group) faoliyati orqali sohaga bo‘lgan talabning oshib borayotganini yoritadi. Statistika va tadqiqot natijalari asosida fintex xizmatlarining tezkorlik, xarajatlarning kamayishi, inklyuzivlik va innovatsion mahsulotlar taklifi kabi afzalliklari ajratib ko‘rsatiladi. Xulosa qismida esa fintex sohasining istiqbollari, texnologik innovatsiyalar va davlat regulyatorlari o‘rtasidagi hamkorlik zarurligi ta’kidlanadi.
Mazkur maqolada moliyaviy texnologiyalar (FinTech) va ularning O‘zbekiston moliya tizimi rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan. FinTech loyihalari raqamli to‘lovlar, mobil banking, mikrokreditlash va boshqa zamonaviy xizmatlar orqali moliyaviy inklyuziyani oshirish, xizmatlar tezkorligini ta’minlash va iqtisodiy samaradorlikni kuchaytirishda muhim vosita ekanligi asoslab berilgan. Mavzuga oid statistik ma’lumotlar, xalqaro tajribalar va milliy qonunchilik asosida muhokama olib borilib, FinTech loyihalarining istiqboli yoritilgan.
Maqolada tijorat banklari faoliyatiga xalqaro transformatsiyalashuv jarayonlarini joriy etishga qaratilgan ilmiy-nazariy yondashuvlar tahlili keltirilgan, tijorat banklari faoliyatida xalqaro transformatsiyalashuv jarayonlarining iqtisodiy va texnologik muhitidagi strategik tendensiyalari yoritib berilgan. Ilmiy tadqiqotlar asosida bank xizmati ko‘rsatishni oxir-oqibat mijozning bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga va bank tomonidan ular uchun haq olishga yo‘naltirilgan operatsiya va bitimlar sifatida xalqaro jarayonlarga monand ravishda transformatsiyalashuvini ta’minlash, raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan