Ушбу мақола мамлакатда амалга оширилаётган иқтисодий ислоҳотлар натижасида ишлаб чиқарилаётган замонавий телекоммуникация ускуналари, компьютер техникаси, жаҳонга машҳур матолар, улардан тайёрланаётган кийим-кечакларнинг ташқи иқтисодий фаолияти, хусусан ташқи савдо саҳосида амалга оширилаётган баъзи бир ишлар кўлами ёритилган.
Ushbu tadqiqotda ko‘p tomonlama va mintaqaviy savdo shartnomalarining O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishidagi o’rni va zarurati, savdo shartnomalarining afzalliklari ko’rsatilgan. Shuningdek, maqolada asosiy hamkor davlatlar bilan tovar va xizmatlar eksporti aks ettirilgan. Tadqiqot jarayonida MDH davlatlari, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va boshqa xorijiy davlatlar (JST a‘zolari) bilan olib borgan tashqi savdo aylanmasi tahlil qilingan.
Transport tizimi milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim omillardan biri hisoblanadi. Bu maqolada transport tizimi ommaviy tovar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy transport tomonidan ta’minlangan uzoq (deyarli cheksiz) masofalarga katta hajmdagi tovarlarni muntazam ravishda har qanday ob-havo sharoitida tez va xavfsiz yetkazib berish orqali savdo, sanoat o‘sishi, bandlik va mintaqaviy rivojlanishga qo‘shadigan hissasi tahlil qilingan. Bundan tashqari maqolada, transport turlarining ustunlik va kamchilik tomonlari hamda ularning tashqi savdo hajmidagi ulushlari tahlili olib borilgan. So‘ngra temir yo‘l transportining eksport salohiyatini oshirishdagi ro‘li aniqlab berilgan hamda temir yo‘l transportini rivojlantirish uchun takliflar ishlab chiqilgan
Ushbu maqolada global raqobat va bozorlar beqarorligi sharoitida eksportyorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda eksport-kredit agentliklarining faoliyati ko‘rib chiqiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan rag‘batlantirish mexanizmlari, eksport kreditlash va sug‘urtalash tizimining tarixiy rivojlanishi, shuningdek eksport-kredit agentliklari strategiyalaridagi o‘zgarishlarning asosiy tendensiyalari tahlil qilinadi. Alohida e’tibor global iqlim kun tartibi hamda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish sharoitida eksport moliyalashtirishining transformatsiyasiga qaratiladi.
Ushbu ilmiy maqolada eksport va makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasi, ularning bir-biriga o‘zaro bog‘liqligi muhokama qilinadi. Eksport salohiyatini oshirishda unga ta’sir etuvchi omillar hamda uning mamlakat milliy iqtisodiyotida tutgan o‘rni, eksport samaradorligini oshirishning amaliy va nazariy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada iqtisodiyotda eksport tizimining rivojlanishi bilan bog‘liq nazariy yondashuvlar o‘rganilgan
Ушбу мақолада рақамли банк платформаларининг халқаро савдога таъсири ўрганилган. Рақамли платформалар халқаро тўловларни тезлаштириш, харажатларни камайтириш, валюталарни автоматик конвертация қилиш, кредит бериш имкониятларини кенгайтириш ҳамда хавфсизликни таъминлаш йўналишларида муҳим рол ўйнайди. Шу билан бирга, рақамли технологиялар халқаро савдо операцияларини соддалаштириш ва ривожлантиришга хизмат қилади.