Maqolada zamonaviy korporativ boshqaruvning ajralmas qismiga aylangan ESG (Environmental, Social, and Governance) mezonlarining aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatidagi o‘rni tahlil qilinadi. Ayniqsa, atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan sanoat korxonalarida barqaror rivojlanish omillarining boshqaruv samaradorligiga ta’siri xorijiy va mahalliy tajriba asosida ko‘rib chiqiladi. Maqolada ESG komponentlarining boshqaruv apparati faoliyatiga, risklarni boshqarish tizimiga va korxona investitsion muhitiga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilgan.