Islom darchasi – an’anaviy banklar ostida islom moliyasi tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi bankning alohida filiali, bo’limi yoki sho’ba firmasi hisoblanadi. Islom darchasi asosan islom banki faoliyati uchun huquqiy baza bo’lmagan sharoitda, ma’lum qonunlar doirasida biron bir tijorat bankiga bo’ysungan holda faoliyat yuritadi. Biz bu tadqiqotda 25 ga yaqin islom darchalariga doir yozilgan maqolalarni tahlil qildik. Tahlillarda asosan islom banki, islom darchasi va an’anaviy bank o’rtassidagi statistik tahlillar, ularning yutuqlari, kamchiliklari va xizmat ko’rsatish sifati to’g’risida ilmiy izlanish olib bordik va kerakli takliflarni berdik.
Ушбу мақолада ислом молия бозорини тадқиқ қилиш орқали мамлакатимизга исломий инвестиция ҳажмини ошириш масалалари келтирилган. Бунда ислом молия бозори ва унинг сегментлари таҳлил қилиш орқали мамлакатимиз иқтисодиёти учун фойдали назарий хулосалар берилган.
Maqolada xalqaro moliya bozoridan kapital jalb qilishda sukuklarni emissiya qilishning maqsadi, nazariy asoslari va ahamiyati yoritilgan. Sukuklarning anʼanaviy obligatsiyalardan farqli xususiyatlari, sukuk emissiya qiluvchi mamlakatlar sonining oʻzgarish dinamikasi va ularning mamlakatlar boʻyicha taqsimlanishi, sukuk sertifikatlarni muomalaga chiqarish bosqichlari hamda global qisqa muddatli sukuklar emissiyasi umumiy hajmi tahlil qilingan. Oʻzbekistonda sukuklarni joriy etish boʻyicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.
Ушбу мақолада шариат тамойилларига мос келадиган исломий молиялаштириш тушунчаси ва моҳияти ва унинг амалий қўлланилиши, исломий иқтисодиётининг ривожланиши, банк ресурсларини шакллантиришда халқаро молия институтлари ва исломий банкларнинг донорлиги кўриб чиқилган. Молия-банк тизимини ўзгартириш жараёнида исломий молиялаштиришни ривожлантириш роли ва аҳамияти ҳам кўриб чиқилган. Исломий молиялаштиришни ривожлантириш истиқболлари ва унинг мамлакат иқтисодиётини ривожлантиришдаги роли кўриб чиқилган. Исломий молиялаштириш тамойилларини амалга ошириш бўйича таклиф ва тавсиялар берилган
Islom ijtimoy moliyasi bugungi kunda nafaqat musulmon mamlakatlarda, balki musulmon bo‘lmagan mamlakatlarda ham rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, Covid-19 pandemiyasidan keyin u o‘zining muhim o‘rniga ega bo‘ldi. Mazkur maqolada ijtimoiy moliya va islom ijtimoiy moliyasi tushunchalari mohiyati ko‘rib chiqilgan, shuningdek islom ijtimoiy moliyasining maqsadlari va vazifalari yoritib berilgan, jumladan, ishsizlik va qashshoqlikni kamaytirish, kam ta’minlangan guruhlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashga yordam berish, taqsimlashda ijtimoiy adolatni amalga oshirish va iqtisodiyotni o‘stirish. Tahlillar jamlanib, maqola so‘nggida umumiy xulosalar berilgan.