Maqolada zamonaviy davlat boshqaruviga taalluqli yondashuvlarning postindustrial jihatlari, an’anaviy ma’muriy yondashuvning “davlat xizmatlari ko‘rsatish modeli”, “davlat xizmati modeli”ga davlat va aholi o‘rtasidagi munosabatlarning “servis xususiyati”, davlat boshqaruvida biznes-shahar, aqlli shahar, aqlli davlat, “davlat-xizmat ko‘rsatuvchi” kabi biznes-modellarini qo‘llashga doir nazariy masalalar yoritib berilgan. Nazariy yondashuvlar asosida O‘zbekistonda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini postindustrial jamiyatda davlat boshqaruvining eng maqbul yechimlaridan biri sifatida “davlat – xizmat ko‘rsatuvchi” tamoyiliga o‘tkazish taklif qilingan.
Maqola bank sektori faol ravishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish sharoitida uning transformatsiyasini tahlil etishga bag‘ishlangan. Unda bank faoliyatida SI qo‘llanilishining asosiy yo‘nalishlari operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish, intellektual risk-menedjment, mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni shaxsiylashtirish va innovatsion moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish kabi jihatlar ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, SI an’anaviy bank biznes-modellari qanday o‘zgarayotganiga, banklarning raqobatbardoshligini oshirishiga va moliya bozorida yangi strategik ustunliklarni shakllantirishiga alohida e’tibor qaratilgan. Raqamli transformatsiya bilan bog‘liq chaqiriqlar va xatarlar kiberxavfsizlik, SI’dan foydalanishning etik jihatlari, shuningdek, tartibga soluvchi talablarga rioya etish masalalari tahlil qilingan. Xulosa o‘rnida aytilishicha, SI texnologiyalarining bank tizimiga integratsiyasi uning barqaror rivojlanishi va global raqobatbardoshligi uchun ajralmas shartga aylanmoqda.
Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish orqali soha samaradorligini oshirish O‘zbekistonda hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan agrar sioyasatning asosini tashkil qiladi. Shundan kelib chiqqan maqolada qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish orqali soha samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilingan