ushbu maqolada mamlakatimiz turizmni rivojlantirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish bo‘yicha ulkan salohiyatga ega ekanligiga alohida eʼtibor qaratilgan. Rossiya mintaqalarida, ayniqsa Shimoliy Kavkazda va Karachay-Cherkes Respublikasida togʻ-changʻi kurortlarini rivojlantirishda investitsiya resurslarini to‘plashning institutsional va iqtisodiy sharoitlari va mexanizmlarini nazariy asoslash va ishlab chiqish.
Tadqiqot xotin-qizlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish va O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishidagi gender tengligining roliga bag‘ishlangan. Ayollarning inson kapitalini samarali amalga oshirish nafaqat ta’limda tenglikni, balki ish bilan ta’minlash, bolalarni parvarish qilish infratuzilmasini o‘z ichiga olgan institutsional yordamni ham talab qilishi ko‘rsatilgan. Gender adolati ham ijtimoiy siyosatning maqsadi, ham iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish vositasi bo‘lishi kerak.
Ushbu maqolada iqtisodiy siyosatning muhim sohasi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarining nazariy tahlili keltirilgan. Investitsiya jarayonlarini tushuntirishga klassik, neoklassik, korporativ, institutsional va siyosiy-iqtisodiy yondashuvlar o‘rganiladi va taqqoslanadi. Investorlarning korporativ afzalliklari, joylashtirish shartlari, institutsional sifati va davlat investitsiya siyosatining rolini hisobga oladigan kompleks yondashuv zarurligi asoslanadi.
Ushbu maqolada mahalla institutlarining bandlikni ta’minlashdagi amaliy roli, mavjud tashkiliy va institutsional mexanizmlarning samaradorligi hamda ularni takomillashtirish zarurati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Mahalla kesimida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari mahalla faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari orasida bandlik masalasining yetarli darajada markazlashmaganini va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan tashabbuslarning tizimlashtirilmaganligini ko‘rsatdi. Tadqiqot doirasida mahalla institutlarining diagnostika, kasbga tayyorlash, o‘z-o‘zini band qilish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy resurslarni safarbar qilish va monitoring kabi funksiyalarni integratsiyalashgan tizim sifatida shakllantirish bo‘yicha institutsional-tashkiliy mexanizm ishlab chiqildi. Taklif etilgan mexanizm mahalla boshqaruvining bandlikni ta’minlashdagi salohiyatini kuchaytirishga, uy xo‘jaligi bizneslarini rivojlantirishga hamda hududiy mehnat bozorini jonlantirishga xizmat qiladi.
Мақолада институционал ёндашувнинг назарий асослари ва унинг минтақавий иқтисодий ривожланишга таъсири таҳлил қилинади. Миллий ва ҳудудий институтлар ўртасидаги уйғунлик, расмий ва норасмий институтлар ҳамкорлиги, ижтимоий ишонч ва маданий омиллар асосида институционал тузилмавий модул концепцияси таклиф этилади.
Мазкур мақолада реал секторни давлат томонидан тартибга солишнинг назарий ва амалий асослари чуқур таҳлил қилинади. Хусусан, иқтисодий тизимда давлатнинг ролини аниқлаш, тартибга солиш механизмларининг самарадорлигини баҳолаш ҳамда соҳадаги институционал ва бозор ёндашувлари ўртасидаги ўзаро таъсирлар комплекс таҳлил этилади. Шундай ёндашувда давлат интервенциясининг меъёрий-ҳуқуқий, молиявий ва маъмурий воситалар орқали амалга оширилиши ҳамда уларнинг реал сектор субъектларига таъсири тизимли ёритилади. Шу билан бирга, иқтисодиётнинг соҳага хос тармоқлари – саноат, қишлоқ хўжалиги, инфратузилма ва хизмат кўрсатиш соҳаларида давлат сиёсатининг ўзига хос жиҳатлари ва унинг барқарорликка таъсири ҳам илмий асосда муҳокама қилинади. Ушбу илмий иш натижалари асосида миллий иқтисодиётда реал секторни самарали тартибга солишга қаратилган таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилади.