Mazkur maqolada innovatsiyalarni iqtisodiyotda qoʻllashning xorij va oʻzbek olimlari talqinlari tahlil qilingan. Innovatsion iqtisodiyot xususiyatlari, davlatlar milliy iqtisodiyotining innovatsionlik darajasini aniqlash koʻrsatkichlari, innovatsiyalar, iqtisodiy oʻsish va bandlik oʻrtasida yuqori darajadagi izchil bogʻlanish yoritilgan. Axborot kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi bilan bogʻliq ish bilan bandlikning innovatsion shakllari kengayishi jumladan, Ye-bandlikning rivojlanishi, virtual ish joylari, frilansing kabi bandlik turlari haqida maʼlumotlar berilgan. Anʼanaviy va virtual ish joylarining xususiyatlari aniqlanib, qiyosiy tahlil qilingan.
Ushbu maqolada korxonalar faoliyatini zamonaviy mexanizmlar asosida takomillashtirishni taqozo etuvchi innovatsion iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va islohotlar bayon etilgan. Shuningdek innovatsion iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy siyosat va strategiyalarni ishlab chiqish va bu o‘zgarishlarni yangi usul, yangi texnika – texnologiya bilan ta’minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aynan bu borada “innovatsiya” atamasi, uning vujudga kelish bosqichlari va tasniflanishi ko‘rib chiqilgan. Innovatsiyalarning bugungi kunda, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishdagi ahamiyati, uning jahon iqtisodiyotiga ta’siri o‘rganilgan.
Maqolada telekommunikatsiya korxonalarida xizmat ko‘rsatish jarayonlariga innovatsion faoliyatni joriy etishning ilmiy-uslubiy asoslari ochib berilgan. Globallashuv, raqamli transformatsiya va “Sanoat 4.0” sharoitida mobil qurilmalar, sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlari, internet-provayder infratuzilmalari hamda 5G texnologiyalariga xizmat ko‘rsatishda innovatsion yondashuvlarning raqobatni kuchaytirishi, xizmat sifati, moslashuvchanlik va energiya tejamkorligini oshirishi tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda raqamli infratuzilmaning kengayishi, 5G qamrov hududlarining ortishi va milliy operatorlar faoliyatida innovatsion platformalardan foydalanish tendensiyalari yoritilgan. Nazariy jihatdan Shumpeterning “ijodiy buzilish”, Rogersning “innovatsiyalar diffuziyasi”, Service-Dominant Logic hamda institutsional yondashuvlar asosida innovatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy samarasi izohlangan.
Ushbu maqolada resurs va resurs samaradorligi bо‘yicha ta’riflar keltirilgan. Shu bilan birga tо‘qimachilik sanoat korxonalarida resurslardan samarali foydalanishning ayrim jihatlariga va resurslar samaradorligining asosiy tamoyillariga e’tibor qaratilgan.