Миллий молия бозорининг барқарор ривожланиши корпоратив капитал шаклланишининг замонавий механизмлари ва қимматли қоғозлар бозорининг самарадорлиги билан узвий боғлиқдир. Ушбу тадқиқотда корпоратив молиянинг молиявий инструментлари билан капитал бозори инфратузилмаси ўртасидаги интеграция жараёнлари атрофлича таҳлил қилиниб, қимматли қоғозлар бозорининг инвестиция жараёнларига таъсири илмий асосда ёритилди. Тадқиқот жараёнида тизимли таҳлил, қиёсий иқтисодий таҳлил, иқтисодий-статистик усуллар ва норматив-ҳуқуқий база таҳлилидан фойдаланилди. Натижалар корпоратив молия билан қимматли қоғозлар бозори ўртасидаги ўзаро ҳамкорлик капитал қийматини оптималлаштириши, корхоналарнинг инвестициявий имкониятларини кенгайтириши ҳамда миллий иқтисодиёт барқарор ўсишига хизмат қилиши мумкинлигини кўрсатди. Бундай чоралар молиявий тизимнинг шаффофлиги ва рақобатбардошлигини таъминлаб, уни жаҳон стандартларига мос ҳолда такомиллаштиришга хизмат қилади.
Maqolada «investitsiya jarayonlari» tushunchasi haqida fikr yuritiladi. «Investitsiya jarayonlari» tushunchasiga shu sohadagi yetakchi olimlarning ta’riflari va fikr mulohazalari keltirilgan. Bu yerda investitsiya jarayonlari bilan investitsiya faoliyati o‘rtasidagi farq ochib berilgan. Investitsiya jarayonlarining asosiy tarkibiy qismlari va ularning mazmuni ifoda etilgan. Shuningdek, maqolada jahon amaliyotiga ko‘ra, davlatlarning iqtisodiy rivojlanish tajribasiga asosan investitsiya jarayonlarining bir nechta modellari tahlil qilingan. Yuqoridagi tahlillar asosida tegishli xulosa va takliflar shakllantirilgan
IFRS S1 (International Financial Reporting Standards) barqarorlik bilan bog‘liq moliyaviy axborotlarni oshkor qilish bo‘yicha umumiy talablarni belgilaydi. Ushbu standartning asosiy maqsadi tashkilotlarga barqarorlikka oid risklar va imkoniyatlar haqida aniq va shaffof axborot taqdim etishga yordam berishdir. IFRS S1, moliyaviy hisobotlar orqali tashkilotlarning barqarorlik bilan bog‘liq risklari va imkoniyatlari haqida muhim axborotni oshkor qilishni ta’minlaydi, bu esa investitsiya qarorlarini qabul qilishda foydalanuvchilarga yordam beradi.IFRS S1 moliyaviy hisobotlarda barqarorlikka oid ma’lumotlarni oshkor qilishni yagona formatda talab qiladi, natijada global moliyaviy hisobotlarning taqqoslanishini va tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi. Bu standart moliyaviy boshqaruvni optimallashtirish va tashkilotlarning uzoq muddatli barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishni maqsad qiladi. Mazkur maqolada korxona barqarorligi bilan bog‘liq moliyaviy axborotlarning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilish jarayonlari ko‘rib chiqilgan
Ushbu maqolada uzoq muddatli aktivlar auditi xalqaro standartlar asosida takomillashtirilishi moliyaviy hisobotlarning aniqligi va shaffofligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu mavzu doirasida uzoq muddatli aktivlarni baholash usullari, ularning eskirishini hisobga olish tamoyillari hamda xalqaro audit standartlariga muvofiq tekshirish jarayonlari tahlil qilinadi. Standartlashtirilgan yondashuv audit jarayonining samaradorligini oshirish bilan birga, investorlar va manfaatdor tomonlar uchun ishonchli maʼlumot taqdim etishga yordam beradi.