Mazkur ilmiy maqolada energetika tarmog‘ida “yashil energetika”dan foydalanish imkoniyatlari SWOT tahlil usuli asosida kompleks baholangan. Tadqiqotda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining iqtisodiy, ekologik va institutsional jihatlari tahlil qilinib, sohaning kuchli va zaif tomonlari, tashqi imkoniyatlar hamda ehtimoliy tahdidlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari yashil energetikaning energetika tarmog‘ini diversifikatsiya qilish, energiya xavfsizligini mustahkamlash va ekologik barqarorlikni ta’minlashda strategik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, infratuzilmani modernizatsiya qilish, energiya saqlash texnologiyalarini rivojlantirish va huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda yashil investitsiyalarning roli va ahamiyati tahlil qilingan. Atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va ekologik toza texnologiyalarni joriy etishda yashil investitsiyalarni joriy qilish imkoniyatlari oʻrganilgan. Shuningdek, Oʻzbekistonda mavjud yashil investitsiya loyihalari oʻrganilib, ularni kengaytirish yoʻlidagi asosiy toʻsiqlar tahlil qilinib, tegishli xulosa va takliflar berilgan.
Ushbu maqolada mamlakatda atrof-muhit siyosatini startegik integratsiyaga olib kelish vayashil ioqtisodiyotga o‘tish sharoitida ekologik tizimni elektron boshqaruv shaklidagi raqamli texnologiyalardan foydalangan holda atrof-muhit va yashil iqtisodiyot sohasini ma’lumotlari tizimlarini avtomatlashtirish orqali samarali natijalarga erishishni narazda tutadi. Bu esa, mamlakatda yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonlarida boshqaruv qarorlari va nazorat tizimida oshkoralik va shaffoflikni ta’minlab beradi. Tadqiqotda ekologik tizimni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning ahamiyati yetarli darajada o‘rganilgan.