Ushbu maqola mahsulot ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishni boshqarish va nazorat qilish samaradorligini oshirish uchun “business intelligence” tizimlaridan foydalanish afzalliklari oʻrganib chiqiladi.
Raqamli texnologiyalarning jadal o‘sishi yetkazib berish xizmatlarining jiddiy raqobat muhitida samaradorligini oshirish va logistik jarayonlarni optimallashtirish kabi muammolarni keltirib chiqardi. Ushbu tadqiqot O‘zbekistondagi yetkazib berish xizmatlari bo‘yicha yetakchi bo‘lgan kompaniya biznes jarayonlarining tahliliga qaratilgan. Tadbirkorlik korxonasi yuqori talab va kuryerlarni taqsimlashdagi samarasizlik tufayli mijozlar talablarini qondirishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Tadqiqotda kuryerlikdan foydalanish, kutish vaqtlari va yetkazib berish samaradorligini tahlil qilish uchun Diskret Hodisalarni Simulyatsiyasi (DHS) nazariyasi qo‘llanildi. Model turli operatsion senariylarni baholash uchun tumanga asoslanga klasterlash, navbat nazariyasi va stoxastik simulyatsion modellash, modelni validatsiyalash va natijalarni chuqur tahlil qilishni o‘z ichiga olgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, integratsiyalashgan modellar etkazib berish vaqtlarini 1,6 baravar qisqartiradi, o‘tkazish qobiliyatini oshiradi va shahar doirasida yetkazib berishni optimallashtirish uchun harakatga asoslangan strategiyalarni taqdim etadi. Natijalar akademik adabiyotga va rivojlanayotgan bozorlardagi boshqaruv amaliyotiga hissa qo‘shadi.