O‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish, iktisodiyotning barcha tarmoqlariga bozor mexanizmlarini izchillik bilan joriy etish, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish,raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, davlat kompaniyalarini transformatsiya kilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini tashkil etadi. Mazkur iqtisodiy islohotlar doirasida “tovar va moliya bozorlarida erkin raqobat muhitini shakllantirish”, “hayot sug‘urtasi tarmog‘ini hamda shaxsiy sug‘urtani aholi orasida ommalashtirish, ularni keng miqyosda targ‘ib qilish hamda yangi hayot va shaxsiy sug‘urta turlarini rivojlantirish” bo‘yicha dolzarb vazifalarning belgilanganligi mamlakatda sug‘urta faoliyatining nazariy- metodologik va amaliy asoslarini takomillashtirish, sug‘urta xizmatlarining moliyaviy xizmatlar tarkibidagi salmog‘i va sifat darajasini oshirish yuzasidan tadqiqot ishlarini amalga oshirish zaruriyatini ko‘rsatib beradi.
Ushbu maqolada ko‘chmas mulkning iqtisodiy ahamiyati, ko‘chmas mulkni soliqqa tortish mulkning raqobatbardoshligini oshirishi va soliq solinadigan bazani belgilashda muhim o‘rin tutayotgani tahlillar asosida ochib berilgan va tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan.
“O‘zbekiston-2030” strategiyasida qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish maqsadiga erishish borasida bir gektardan olinadigan o‘rtacha daromadni 5 ming dollarga etkazish, qishloq xo‘jaligi sohasida eksport hajmini yiliga 10 milliard dollarga etkazish, hosildorlik ko‘rsatkichlarini paxta bo‘yicha o‘rtacha 45-50 tsentnerga, g‘alla bo‘yicha – 80-85 tsentnerga etkazish kabi vazifalar ijrosini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Bu kabi vazifalarning amaliy ijrosi birinchi navbatda, sug‘oriladigan yerlardan foydalanish holatiga bog‘liq. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada sug‘oriladigan yerlardan foydalanishni takomillashtirish borasida so‘z yuritiladi.
Maqolada korporatsiyalarning kapital bozoridagi faoliyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini takomillashtirish va yangi zamonaviy loyihalarda ishtirokini oshirish hamda korporativ boshqaruv va kapital bozori orqali iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun takliflar berilgan.
Ushbu maqolada tijorat banklarida innovatsion jarayonlarni boshqarish samaradorligini oshirishning nazariy qarashlari ko'rib chiqilgan, kredit tizimini rivojlantirish masalalari o'rganilgan. Shuningdek, banklarning innovatsion faoliyati bo'yicha yuqori noaniqlikni tavsiflovchi amaliy takliflar berilgan, bu esa o'z navbatida xatarlarni boshqarishning moslashuvchan modellaridan foydalanishni talab qiladi.
Turmush darajasini baholash uchun quyidagi ko'rsatkichlar tizimi qo'llaniladi: ishchilarning o'rtacha ish haqi; o'rtacha ish haqi va pensiya asosida aholining sotib olish qobiliyati; aholining asosiy ijtimoiy-demografik guruhlari uchun minimal iste'mol byudjeti; yashash minimumi, iste'mol savati va aholining turli ijtimoiy-demografik guruhlarining iste'mol xarajatlari tarkibi. Daromad darajasi, shu jumladan aholining ish haqi oilaning ijtimoiy farovonligi bilan bog'liq. Daromad darajasiga qarab, odam ma'lum bir maqsadga erishadi: omon qolish, moddiy boylik, rivojlanish.
Ushbu maqolada xalqaro valyuta bozori rivojlanishining jahon moliya arxitekturasiga ta'sirini o'rganib chiqildi. Tadqiqot davomida turli jihatlar, jumladan, xalqaro moliya bozoridan kapital jalb qilishning iqtisodiy mohiyati, nazariy va huquqiy asoslari, kapital jalb etishning hozirgi holati tahlili, adabiyotlar tahlili, tadqiqot loyihasi o‘rganildi. Tadqiqot natijasida xalqaro valyuta bozorining rivojlanishi bilan bog'liq muammolar va imkoniyatlarni yoritib berdi. U yanada samarali va barqaror valyuta bozorini rivojlantirish uchun mustahkam me'yoriy-huquqiy bazalar, bozor shaffofligini oshirish, risklarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish va investorlarni himoya qilish choralarini kuchaytirish zarurligini aniqlandi.
Mazkur maqolada soliqlarning iqtisodiyotidagi ahamiyati hamda bugungi kunda, mamlakatda soliq qarzdorligi qisqartirish dolzarb masalalardan biri ekanligi tadqiq qilingan. Soliq qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha xorijiy iqtisodchi olimlarning qarashlari o‘rganilgan. Xorijiy mamlakatlarda soliq qarzdorligini undirishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Yuqorida qayd etilgan holatlardan kelib chiqib, mamlakatimizda soliq qarzdorligini qisqartirish, shu jumladan uni samarali undirish amaliyotini takomillashtirish borasida taklif va tavsiyalar shakllantirilgan.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish, hududlar o‘rtasidagi tafovutlarni qisqartirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Jumladan, Taraqqiyot strategiyasida ham hududlar iqtisodiyotini yaqin istiqbolda 1,6 baravar oshirish vazifasining belgilab berilishi hududlarni rivojlantirish imkoniyatlarini chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash yo‘llari tahlil qilingan.