Ушбу мақолада Ўзбекистон Республикаси солиқ сиёсатида билвосита солиқларнинг ўрни асосланган. Амалиётдан олинган маълумотларни таҳлили асосида солиқ тушумларида бевосита, билвосита, ресурс тўловлари ва мулк солиқларининг улушларини оптималлаштириш бўйича хулоса ва таклифлар берилган.
Ushbu tadqiqot xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar raqobatbardoshligini oshirish mexanizmini takomillashtirishga, soha xodimlarining malaka darajasini, innovatsion yondashuvlarini va professional rivojlanishini tahlil qilib, ularni raqobatbardosh qilish uchun samarali strategiyalarni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda soha mutaxassislarining intervyulari, so‘rovnomalar va mavjud adabiyotlar tahlili orqali kadrlar salohiyatini oshirish omillari – ta’lim, trening, motivatsiya va innovatsion boshqaruv tizimlari o‘rganilgan
Ushbu tadqiqotda Oʻrta Osiyo davlatlari suv tanqisligining iqtisodiy oʻsishga taʼsiri ekonometrik panel modellari orqali tahlil qilindi. Uzoq muddatli panel maʼlumotlarini tahlil qilish uchun biz Pooled regression model, fixed effect model va random effect modellari orqali 1990-2023 yillar va 5 ta davlat yillik maʼlumotlarini modellashtirdik. Model qurib boʻlgach ularni turli statistik testlar orqali diagnostik testlar bilan tekshirdik. Yuqoridagi modellarni solishtirish natijasida panel maʼlumotlarimizga eng mos keladigan model bu Pooled regression model ekanligini aniqladik. Ushbu model koʻrsatkichlari asosida Oʻrta Osiyo mamlakatlarida suv tanqisligining oshib borishi iqtisodiy oʻsishga salbiy taʼsir etayotganligi aniqlandi. Suv tanqisligining har bir birlikka oshishi yalpi ichki mahsulotni 0.0166 birlikka kamayishiga olib keladi. Natijalar yuqori suv tanqisligiga uchrayotgan davlatlar suv resurslarini boshqarishni ustuvor yoʻnalish sifatida belgilab, tanqislikni kamaytirish infratuzilmalarini yaratib, suvni tejash siyosatini amalga oshirishi kerakligini ko‘rsatdi.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda kichik biznes faoliyati statistik ko‘rsatkichlarining axborot bazasi ahamiyati hamda uning mamlakat iqtisodiyoti ham iqtisodiyot tarmoqlaridagi ahamiyati o‘rganilgan. Shuningdek, axborotlar bazasining samadorligining asosiy jihatlari tahlil etilgan hamda kichik biznesda axborotlar bazasining iqtisodiy samadorligi SWOT tahlili keltirilgan. Tadqiqot natijasidan O‘zbekistondagi kichik biznes subyektlari faoliyati samadorligini baholashda hamda kichik bizneslar faoliyatini samarali tashkil etishda foydalanish mumkin.