Global miqyosda barqaror rivojlanishga bo'lgan e'tiborning ortishi yashil innovatsiyalar va raqamlashtirishning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashdagi rolini tushunishga bo'lgan qiziqishni kuchaytirdi, ayniqsa, O'zbekiston kabi rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda. Ushbu tadqiqot yashil innovatsiyalar va raqamlashtirishning O'zbekiston kontekstida barqaror rivojlanishni ta'minlashdagi muhim rollarini o'rganish uchun Strukturali Tenglama Modellashdan (SEM) foydalanadi, bu rivojlanayotgan iqtisodiyotlar uchun imkoniyat va muammolarni aks ettiradi. Tadqiqot keng qamrovli kontseptual tahlil orqali ushbu tashabbuslarning iqtisodiy o'sish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ijtimoiy tenglikka ta'sirini baholaydi. Natijalar yashil innovatsiyalar va raqamlashtirishning iqtisodiy samaradorlikni oshirish, ekologik tanazzulni kamaytirish va ijtimoiy farovonlikni yaxshilash orqali barqaror rivojlanishga sezilarli hissa qo'shishini ko'rsatadi. Tadqiqot institutsional qo'llab-quvvatlash, moliyaviy rag'batlar va manfaatdor tomonlarning ishtiroki muhimligini ta'kidlab, barqaror amaliyot va texnologiyalarni samarali qabul qilish va integratsiya qilish zaruratini ta'kidlaydi
Mazkur maqolada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish korxonalarini soliqqa tortishning ilmiy-nazariy masalalari, alohida yondashuvlar asosida xizmatlar sohasini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy resurslar va infratuzilma bilan ta’minlash hamda ularga qulay soliq rejimini joriy etish” bugungi kundagi dolzarb masalalar sifatida belgilab olinganki, bu esa xizmat ko‘rsatish korxonalariga qulay soliq rejimlarini qo‘llash va uning natijadorligiga erishishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishni taqozo etadi. Shu bilan birgalikda tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga chiqarish, aholining soliq ma’murchiligi bo‘yicha savodxonligini yanada oshirish, tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlash, teng raqobat sharoitini yaratish va iste’molchilarning huquqlarini kafolatlash hamda yashirin iqtisodiyotni jilovlashda keng jamoatchilikning faol ishtirokini rag‘batlantirishga asoslangan ma’murchilikni takomillashtirish yoritilgan. Shu bilan birga, sohalar o‘rganilib, xorij tajribasi, mamlakatimizda uni qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosa va takliflar shakllantirilgan.
Ushbu maqolada hududlarning soliq potensialiga ta’sir etuvchi makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tahlil qilingan. Hududlarni soliq potensialini oshirishga doir budjet-soliq siyosatiga doir chora-tadbirlar tizimi, hududlarni soliq to’lay olish qobiliyati, ularni oshirish va soliqlarni undirish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlar xorij tajribasi asosida yoritib berilgan.
Hozirgi vaqtda turizmni rivojlantirish siyosiy va iqtisodiy tebranishlar tufayli ushbu sohani o‘ta beqaror qiladigan ko‘plab muammolarga duch kelmoqda. Barcha inqiroz va retsessiyalar odatda turizm faoliyati nazoratidan tashqarida yuzaga keladi. Turizm bilan bog‘liq eng muhim iqtisodiy muammolardan biri bu sohada investitsiyalar va moliyalashtirishning yetishmasligi hisoblanadi. Turizm dunyodagi eng yirik ish o‘rni yaratuvchi tarmoqlardan biri ekanligini va uning rivojlanishi iqtisodiyot uchun katta foyda keltirishini hisobga olishimiz kerak. Ushbu maqolaning maqsadi turizmni moliyalashtirish sohasidagi muammolar va imkoniyatlarni ko‘rib chiqishdan iboratdir. Tadqiqot maqsadida biz turizmni moliyaviy qo'llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha dolzarb tahlil va tadqiqotlarni ko‘rib chiqdik.
Ushbu maqolada nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat granti shaklida moliyaviy qoʻllab-quvvatlash masalalari tahlil qilingan va tizimni takomillashtirish boʻyicha takliflar berilgan.
Ushbu maqolada moliya bozorining ilmiy- nazariy jihatlari tadqiq qilingan, hamda, fond bozori instrumentlari dinamikasi tadqiq qilingan. Shuningdek, Respublika fond birjasi indeksining bir qancha omillar tufayli o’zgarishi tahlil qilingan. O’zbekiston fond bozorida aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining bozor qiymatiga salbiy ta’sir qiluvchi muammolar aniqlangan va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va xulosalar keltirilgan.