Respublikamiz iqtisodiyotini barqaror rivojlanishida milliy daromadning izchil o‘sishi uy xo‘jaligi shaxsiy tasarrufidagi daromadlarining ortishini ta’minlasa-da, ushbu daromadlarni ijtimoiy-adolat prinsiplari asosida taqsimlash orqali daromadlar tengsizligi holatining oldini olishning moliyaviy mexanizmlariga ehtiyoj sezadi.
Moliya tizimini mamlakat miqyosida raqamlashtirish hamda takomillashtirish va moliya tizimini rivojlantirishda bozor konyukturasini takomillashtirib borish doimo muhim ahamiyat kasb etib kelgan. 2008-yildan so’ngra ushbu ko’lamni yanada takomillashtirish avj oldi. Ushbu maqolada islom moliyasi hamda xulq atvor moliyasi to’g’risida ko’plab iqtisodchi olimlarning yondashuvlari hamda umumiy xulosa keng yoritilib berilgan.
Maqolada mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikka erishish va isloxotlarni yaxshilash jarayonida islom moliyasining iqtisodiy o’zgarishlarga ta’siri o’rganilgan. Shu bilan birgalikda islomiy moliyaning zamonaviy iqtisodiyot tuzilmasi, tizimlari va faoliyatidagi sezilarli va keng qamrovli oʻzgarishlarga olib kelishi, bu esa mahsulot ishlab chiqarish, raqobatbardoshlik va umumiy iqtisodiy farovonlikning barqaror yaxshilanishiga sabab bo’luvchi eng muxim omillardan biri sifatida muallif tomonidan o’z qarashlari bayon etilgan. Ushbu qarashlarni mamlakatlar va yillar kesimida bayon etilgan statistik ma’lumotlar asosida muallif yanada mustaxkamlagan.
Elektron tijorat odatda o`zining qulaylik belgisi bilan bugungi iqtisodiyotda tasvirlanadi, ammo rivojlanayotgan davlatlar uchun bunda qator kamchiliklar mavjud. Rivojlanayotgan mamlakatlarda elektron tijoratni qabul qilish darajasi turli mamlakatlarda sezilarli darajada farq qiladi. Bular, birinchi navbatda, elektron tijoratni rivojlantirish imkonini beruvchi jismoniy, moliyaviy va huquqiy infratuzilmaning yetishmasligini o'z ichiga oladi.
Ushbu maqolada moliya bozorining ilmiy- nazariy jihatlari tadqiq qilingan, hamda, fond bozori instrumentlari dinamikasi tadqiq qilingan. Shuningdek, Respublika fond birjasi indeksining bir qancha omillar tufayli o’zgarishi tahlil qilingan. O’zbekiston fond bozorida aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining bozor qiymatiga salbiy ta’sir qiluvchi muammolar aniqlangan va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va xulosalar keltirilgan.
Maqolada O‘zbekistonda takoful – islom sug‘urtasining joriy etilishi va rivojlanishi, islom moliyasining mohiyati va uning zamonaviy moliyaviy vositalariga ilmiy yondashuvlarni tadqiq etish, shuningdek, takafulning ishlash mexanizmi va tipologiyasining ilmiy asoslarini ochib berish; Takofulning sug‘urta bozorida iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmuni va uning o‘rni, sug‘urta bozorida takofulning rivojlanishi va hozirgi holatiga baho berish haqidagi ilmiy-nazariy qarashlar yoritilgan.