Мақолада туризм бозорини диверсификация қилишнинг турли хилдаги моделлари ва стратегиялари ўрганиб чиқилган. Жумладан, географик диверсифиация, бозор сегментацияси, маҳсулотни диверсификация қилиш, инфратузилмани ривожлантириш, технологик инновация, барқарор туризм, туризм бўйича ҳамкорлик масалалари, мавсумийлик ва йил давомида диверсификация, маркетинг стратегиялари, туристик пакетлар ва тармоқлар, гастрономик туризм билан ҳунармандчилик туризми диверсификацияси каби туризм бозори диверсификацияси моделларининг мазмун, моҳияти ва аҳамияти ёритиб ўтилган.
Ushbu maqolada bank sohasida mijozlar bilan aloqalarni tizimlashtirish va ularning samaradorligini oshirishda CRM (Customer Relationship Management) tizimining roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda bank xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni oshirish, mijozlar sodiqligini (loyalty) mustahkamlash va shaxsiylashtirilgan xizmat ko‘rsatish mexanizmlari tadqiqot qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston bank tizimida CRM texnologiyalarini joriy etishdagi muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar berilgan.
Мазкур мақолада ғаллачиликк қуйи тармоғининг самадорлиги масалаларини тадқиқ қилиш асосида унга таъсир кўрсатувчи омиллар туркумланган, уларнинг ғаллачилик кластерларини ташкил этишга таъсири баҳоланган, кластер тизимида ишлаб чиқариш, қайта ишлаш ва сотиш жараёнлари босқичларининг алгоритми шакллантирилган. Шунингдек, ғаллачилик кластерлари фаолиятининг самарадорлигини ошириш бўйича таклифлар берилган
Mazkur maqolada internet texnologiyalarining turizm sanoatini rivojlantirish va boshqarishga ta’siri o‘rganiladi. Ushbu mavzuni yoritish uchun Janubiy Afrikada joylashgan Zimbabve Respublikasi misol sifatida tanlangan. Zimbabve 2000-yildan buyon rivojlanish jarayonida bo‘lib, bu jarayon beqaror iqtisodiyot va siyosiy vaziyat bilan to‘qnash kelish ehtimolini yuzaga keltirgan. Boy madaniy merosiga qaramay, mamlakat xalqaro reklama ta’siridan kelib chiqqan salbiy tajribalarni boshdan kechirgan bo‘lib, bunday axborotlarning tez tarqalishida onlayn platformalar muhim omil hisoblanadi. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) tezkor rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan deb hisoblanadi, biroq ushbu holat iqtisodiy rivojlanish bosqichida bo‘lgan turistik yo‘nalish obro‘siga zarar yetkazishi mumkinligini ham ko‘rsatadi. Tadqiqot turizm faoliyatida yuz berayotgan o‘zgarishlarning asosiy sabablarini o‘rganib, raqamli transformatsiya ta’siri ostida reklama, mijozlar bilan o‘zaro aloqalar va biznes samaradorligiga alohida e’tibor qaratadi. Shuningdek, maqolada turizm korxonalari internet texnologiyalaridan foydalanishda duch keladigan asosiy muammolar tahlil qilinadi hamda raqamli vositalardan samarali foydalanish orqali yutuqlarga erishish va raqobatchilar ustidan ustunlikka ega bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Asosiy mavzular qatoriga raqamli marketing vazifalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish, onlayn sayohat agentliklari (OTA)ning paydo bo‘lishi, katta ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt (AI)dan foydalanish hamda turizm sanoatida Internet buyumlari (IoT) integratsiyasi kiradi. Yakunida, iqtisodiy rivojlanish jarayonida bo‘lgan mamlakatlarda AKTning turizmni targ‘ib qilishdagi ijobiy roli bilan birga potensial beqarorlik keltirib chiqarish ehtimoli mavjudligi ham ko‘rsatib beriladi.
Ushbu ilmiy maqolada oliy ta’lim tizimini takomillashtirishning o‘rni, oliy ta’lim raqobatbardoshligini oshirishda ta’lim xizmatlari bozorining asosiy vazifalarini belgilash va ularni amalga oshirish yo‘llari bayon etilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari faoliyatida ta’lim xizmatlarining o‘ziga xos jihatlarini aniqlash va baholash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqola sanoat korxonalarida innovatsiyalarni rivojlantirish tizimini shakllantirish shartlarini belgilaydi: malakali kadrlarni jalb qilish, eng so‘nggi ishlanmalarni o‘rganish, o‘z ixtirolarini himoya qilish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning patent sofligi, nomoddiy aktivlar qiymatini baholash. va test marketingi. Bundan tashqari, yangi g‘oyalar, bilim va malakali mutaxassislarni olish zarurati tufayli korxonalar boshqa bozor ishtirokchilari bilan hamkorlik qilishlari kutilmoqda. Bunday hamkorlikni mashhur "fan - kadrlar - ishlab chiqarish" zanjiri doirasida amalga oshirish mumkin.
Mazkur maqolada O‘zbekiston sug‘urta bozori ishtirokchilarining moliyaviy hisobotlari asosida ularning moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi munosabat, xususan, kapital qaytimi, foyda rentabelligi, sug‘urta zaxirasi o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganilgan. Nazorat omili sifatida kompaniyalarning onlayn qidiruv tizimlaridagi optimizatsiyasi (SEO) ning moliyaviy ko‘rsatkichlarga ta’siri ham baholangan. Shuningdek, maqolada ushbu munosabatlar ikki xil model yordamida statistik tahlil qilingan.