Korporativ madaniyat uzoq muddatli rivojlanish va korxona boshqaruvi samaradorligini oshirishga, hamda kompaniyaning missiyasi va uzoq yillik strategiyalarini belgilashga yordam beradi. Hozirgi kunda jahonda zamonaviy korporativ boshqaruv modellari bilan birga korporativ madaniyatning o’ziga xos xususiyatlari ham alohida soha sifatida o’rganilmoqda. Globallashuv jarayonining tobora tezlashishi, mamlakatlar va kompaniyalar o’rtasidagi integratsiya ko’lamining kengayishi va rivojlanishi korporativ madaniyatni kengroq va chuqurroq o’rganishni taqozo etmoqda. Shu boisdan boshqaruv sohasi olimlari tomonidan bu yo’nalishga katta e’tibor berilmoqda. Ushbu tadqiqot ishida korporativ madaniyatning zamonaviy modellari va ularning ayrim jihatlari mamlakat va kompaniya miqyosida tahlil qilingan.
Ushbu maqolada global miqyosda faoliyat olib borayotgan va xalqaro bozorning rivojlanishida muhim rol o’ynayotgan Jahon Savdo Tashkilotining vujudga kelish tendensiyasi va uning mamlakatlarni xalqaro savdodagi faoliyatini jadallashtirishga ta’siri tadqiq qilingan. Zero, bugungi kunda bu tuzilmada 164 ta a’zodan iborat ishtirokchilar faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ular jahon savdosining 95%dan ortiq qismini amalga oshirmoqda. Shu bois bunday tizimning shakllanish va rivojlanish tendensiyasi muntazam ravishda tadqiq qilinishi va erishilayotgan natijalar hamda kelib chiqayotgan muammolar ko‘rsatilib, tahliliy xulosalar qilib borilishi dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Maqolada zamonaviy iqtisodiyot sharoitida biznes jarayonlarini avtomatlashtirishning ahamiyati ko'rib chiqiladi. Avtomatlashtirish korxonalarga operatsion samaradorlikni oshirish, xatolarni kamaytirish, vaqt va resurslarni tejash imkonini beruvchi ajralmas vosita sifatida taqdim etilgan. Avtomatlashtirishning afzalliklari, shuningdek, uni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar va qiyinchiliklarga e'tibor qaratiladi. Xulosa qilib aytganda, avtomatlashtirishni kompaniyaning biznes jarayonlariga muvaffaqiyatli integratsiya qilish uchun kompleks harakatlar rejasi taklif etiladi.
Тадқиқот минтақавий иқтисодиётда барқарор ўсишга эришиш воситаси сифатида стратегик режалаштиришнинг назарий асосларини ўрганишга қаратилган. Ушбу тадқиқот барқарор минтақавий иқтисодий ривожланишда стратегик режалаштиришнинг назарий асослари бўйича қимматли фикрларни қўшишга қаратилган. Ўзбекистон мисолида мавжуд муаммолар, ечимлар ва исиқболлари бўйича таклиф ва тавсиялар шакллантирилган.