Ushbu maqolada intellektual kapitalning iqtisodiy roli va uni qayta ishlab chiqarish va iqtisodiy muomalaga jalb qilish mexanizmining xususiyatlari o‘rganildi. Intellektual kapitalni iqtisodiy muomalaga jalb qilish jarayonining qonuniyatlarini tushunish va zarur shart-sharoitlarni yaratish hozirgi vaqtda iqtisodiy nazariya va iqtisodiy amaliyotning eng dolzarb muammolari ekanligi, intellektual kapitalning iqtisodiy roli va uni qayta ishlab chiqarish va iqtisodiy muomalaga jalb qilish mexanizmining xususiyatlari o‘rganilgan.
Maqolada barqaror tabiiy kapitalni makro darajada jamg‘arish yoki makroiqtisodiy usullar, avvalo, davlat tomonidan tartibga solish yo‘nalishlarida namoyon bo‘ladi. Davlat tomonidan tartibga solish tizimida qonunlar, me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy asoslar ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Mazkur ishda xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ularning mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganiladi. Xorijiy investitsiyalar – bu xorijiy investorlar tomonidan boshqa mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan kapital bo‘lib, ular yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, texnologiyalarni olib kirish va kadrlar malakasini oshirish orqali iqtisodiy o‘sishga turtki beradi. Maqolada xorijiy investitsiyalarning asosiy turlari, ularni qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotidagi funksiyalari, iqtisodiyotga ta’sir qiluvchi omillari va foydalari ko‘rib chiqiladi.
Maqolada kambag'allikni qisqartirish va xalq farovonligini ta'minlash bo'yicha hozirgi strategik vazifani hal qilishda moliyaviy savodxonlikning ahamiyati muhokama qilinadi. Mamlakat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendentsiyalari tahlil qilingan. Moliyaviy savodxonlik darajasining ta'lim va yoshga bog'liqligi, shuningdek, moliyaviy savodxonlik darslarini o'tkazish bo'yicha xorijiy tajriba o'rganiladi. Muallif aholining turli qatlamlariga moliyaviy savodxonlikni o‘qitish bo‘yicha xulosalar chiqariladi.
Kambag’allik darajasi har qanday mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning muhim ko'rsatkichidir. Ko'pgina boshqa mamlakatlar kabi O'zbekiston uchun ham kambag’allik muammosi dolzarbligicha qolmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekistondagi kambag’allik darajasi, uning dinamikasi, asosiy sabablari va mamlakatda kambag’allik kamaytirish bo‘yicha takliflar tahlil qilinadi. Hozirgi vaqtda kambag‘allikni qisqartirishni inson kapitali sifatini oshirish bilan birgalikda o‘rganish nafaqat jahon miqyosida, balki O‘zbekiston iqtisodiyoti oldidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Aholi bandligi ko‘rsatkichi mehnat bozorining eng muhim tavsiflovchi jihatlaridan biri bo‘lib, u iqtisodiy ko‘rsatkich sifatida ish haqidan qoniqish darajasi, ishchi-xodimlar soni, mehnat faoliyatiga qo‘shilish darajasi, shaxsiy ehtiyojlar va boshqalarni aks ettiradi. Shu jihatdan olganda, mehnat bozorining o‘ziga xos “qaynoq” segmenti hisoblanuvchi yoshlar bandligini ta’minlash masalalarini o‘rganish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Turmush darajasini baholash uchun quyidagi ko'rsatkichlar tizimi qo'llaniladi: ishchilarning o'rtacha ish haqi; o'rtacha ish haqi va pensiya asosida aholining sotib olish qobiliyati; aholining asosiy ijtimoiy-demografik guruhlari uchun minimal iste'mol byudjeti; yashash minimumi, iste'mol savati va aholining turli ijtimoiy-demografik guruhlarining iste'mol xarajatlari tarkibi. Daromad darajasi, shu jumladan aholining ish haqi oilaning ijtimoiy farovonligi bilan bog'liq. Daromad darajasiga qarab, odam ma'lum bir maqsadga erishadi: omon qolish, moddiy boylik, rivojlanish.