Ushbu maqolada aholi orasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar ta’lim yetishmovchiligi, moliyaviy resurslarning cheklanganligi, bozor talablarini noto‘g‘ri baholash, huquqiy to‘siqlar va innovatsion g‘oyalarning yetishmovchiligi kabi muammolar yoritiladi. Shu bilan birga, ushbu muammolarga yechim sifatida tadbirkorlik ta’limini rivojlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini yaxshilash, bozor tahlilini o‘rgatish, huquqiy tartibotni soddalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llash kabi takliflar beriladi. Ushbu yechimlar jamiyatda tadbirkorlik muhitini yaxshilash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Maqola bank sektori faol ravishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish sharoitida uning transformatsiyasini tahlil etishga bag‘ishlangan. Unda bank faoliyatida SI qo‘llanilishining asosiy yo‘nalishlari operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish, intellektual risk-menedjment, mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni shaxsiylashtirish va innovatsion moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish kabi jihatlar ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, SI an’anaviy bank biznes-modellari qanday o‘zgarayotganiga, banklarning raqobatbardoshligini oshirishiga va moliya bozorida yangi strategik ustunliklarni shakllantirishiga alohida e’tibor qaratilgan. Raqamli transformatsiya bilan bog‘liq chaqiriqlar va xatarlar kiberxavfsizlik, SI’dan foydalanishning etik jihatlari, shuningdek, tartibga soluvchi talablarga rioya etish masalalari tahlil qilingan. Xulosa o‘rnida aytilishicha, SI texnologiyalarining bank tizimiga integratsiyasi uning barqaror rivojlanishi va global raqobatbardoshligi uchun ajralmas shartga aylanmoqda.
Ushbu maqolada yer resurslaridan foydalanishda sinergik yondashuvning nazariy asoslari, amaliy qo‘llanish holatlari va iqtisodiy, ekologik hamda ijtimoiy samaralari yoritilgan. Sinergik yondashuv yer resurslarining kompleks boshqaruvi, turli subyektlar o‘rtasidagi hamkorlik, sektorlararo integratsiya va innovatsion texnologiyalar asosida barqaror natijalarga erishishni ta’minlaydi. Muallif sinergiyaning mohiyatini zamonaviy yondashuvlar orqali tahlil qilib, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va iqtisodiyot sohalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib beradi.
Ushbu maqola cho‘l-yaylov chorvachiligi mahsulotlarini sotish tizimini takomillashtirish va tarmoqni modernizatsiyalash masalalariga bag‘ishlangan. Shuningdek, cho‘l-yaylov chorvachiligi mahsulotlarini qayta ishlash, transport xizmati, marketing va xo‘jalik yuritishning zamonaviy yondashuvlari taklif etiladi. Shuningdek, mintaqaning ekologik va ijtimoiy muammolarini hal qilish uchun ilg‘or texnologiyalar va innovatsion usullardan foydalanish taklif etilgan.
Mazkur maqolada savdo xizmatlarini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari tahlil qilingan. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda savdo xizmatlari nafaqat iqtisodiy o‘sishning muhim omili, balki innovatsion biznes modellarini shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda savdo xizmatlarining asosiy yo‘nalishlari, ularning iqtisodiy samaradorligi va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda savdo xizmatlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, shu qatorda davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish orqali soha samaradorligini oshirish O‘zbekistonda hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan agrar sioyasatning asosini tashkil qiladi. Shundan kelib chiqqan maqolada qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish orqali soha samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilingan
Bugungi iqtisodiyotni harakatlantiruvchi muhim dastaklardan biri – bu inson kapitali hisoblanadi. Inson kapitali sifatini yaxshilash va uni boyitish iqtisodiyotning har qaysi bo‘g'inida muhim o‘rin tutadi.Iqtisodiyotning innovasion rivojlanishini ta'minlashning muhim manbalaridan biri bo‘lgan inson kapitalini tadqiq etish masalalariga mahalliy va xorijiy olimlar katta e'tibor qaratishmoqda.Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada inson kapitalini tadqiq etishdagi nazariy yondashuvlar va tendentsiyalar tahlil qilinadi.
Bugungi kunda global rivojlanish iqtisodiy faoliyat yurituvchi sub’yektlar oldiga o‘z faoliyatlarini raqamlashtirish vazifasini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Raqamlashtirish alohida shaxs, mikro, mezo va makro darajada iqtisodiy faoliyat samaradorligin oshirishning muhim manbai hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada raqamlashtirish sharoitida inson kapitalini rivojlantirish masalalari bayon qilinadi.