Bugungi kunda buxgalteriya hisobining haqaro standarti sifatida ikkita etalon – Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari - MHXS (International Financial Reporting Standards - IFRS) hamda AQSHning Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan qoidalari - BHUQ (Generally Accepted Accounting Principles - GAAP) tan olinmoqda. Tahlillarga ko‘ra, jahonda MHXS haqida xabardor bo‘lmagan buxgalter deyarli yo‘q. Shuningdek, dunyo miqyosida kun sayin xalqaro standartlarni eʼtirof etuvchi mamlakatlar soni oshib bormoqda. U dunyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda, jumladan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda, ayniqsa, investitsiya muhitini yaxshilashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur maqolada MHXS, xalqaro tajriba, dunyo mamlakatlarida qo‘llanilishi kabi bir qator jihatlar yoritib o‘tilgan.
Ushbu maqolada MHXS bo‘yicha qayta ijaraga olish uchun asosiy vositalarni sotish hisobi tartibi ko‘rsatilgan. Ushbu mavzuni muammosi shundan iboratki, sotib va qayta ijaraga olish masalasi O‘zbekiston amaliyotida hozir qo‘llanilmaydi va bizning amaliyotimizda yangi hisoblanadi. Mualliflar maqolada bu masalani misollar va buxgalterlik yozuvlar bilan batafsil ko‘rsatib chiqqanlar. Keltirilgan jadvallar mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan. Moliyaviy holat va foyda va zararlar va boshqa umumiy daromadlar to‘g‘risidagi hisobotlar qisgartirilgan shaklda xalqaro amaliyotida qo‘llaniladigan shakllardan olingan. Masalani ochib berish uchun buxgalteriya hisobining ikki yoqlama usulidan foydalanilgan. Mualliflarning ilmiy va amaliy hissasi shundan iboratki muammoni o‘zbek sharoitiga moslashtirildi, jadval va hisobot shakllarida buxgalterlarga tanishtirdi.
Ushbu maqolada tijorat banklarida moliyaviy risklarni boshqarish jarayonlari bo‘yicha nazariy va amaliy jihatlar o‘rganiladi. Xususan, moliyaviy risklarni aniqlash, baholash, nazorat qilish, monitoring va hisobot berishning zamonaviy usullari orqali tahlil qilinib, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Maqolaning asosiy maqsadi moliyaviy risklar bilan bog‘liq muammolarga kompleks yondashuvni ishlab chiqish va tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlashda ushbu yondashuvni qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashdir.
Korxona foydasining shakllanishi va uni buxgalteriya hisobida aks ettirish moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim ahamiyatga ega.Mazkur maqolada foydaning shakllanishi, daromad va xarajatlarni tan olish, baholash hamda ularni hisobot davrlariga to‘g‘ri taalluqli qilish jаrаyonlаrini tаkоmillаshtirish mаsаlаlаri yoritilgаn.Shuningdek, foydani manipulyatsiya qilish bilan bog‘liq risklar va ularni kamaytirishda ichki nazorat tizimining ahamiyati asoslab berilgan.
Ushbu maqolada nodavlat notijorat tashkilotlari buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlari, bunda xorij tajribasining ilg‘or yondoshuvlari va samarali tajribasi haqida fikr yuritilgan. Bundan tashqari mamlakat ijtimoiy hayotida nodavlat notijorat tashkilotlarining ahamiyati hamda mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni ham tahlil qilingan. Qolaversa, nodavlat notijorat tashkilotlarining buxgalteriya hisobini xalqaro standardlarga muvofiq tayyorlash va tegishli organlarga taqdim qilish amaliyoti haqida ham mulohazalar bayon qilingan, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun xarajatlar, dasturiy vazifalarni amalga oshirish bilan amalaga oshiriladigan hamda saqlash xarajatlari bo‘yicha xorijiy tajriba asosida shakllantirilgan hisobot shakllari to‘g‘risida takliflar ilgari surilgan. Yakunda, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini buxgalteriya hisobining xorij tajribasi asosida rivojlantirish istiqbollari va xulosalar keltirib o‘tilgan.
Investitsion faoliyat har bir mamlakat iqtisodiy oʻsishini taʼminlovchi muhim omillardan biridir. Yangi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, ish oʻrinlarini yaratish va umumiy iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda investitsiyalarning ahamiyati beqiyosdir. Biroq, investitsiya jalb qilish jarayoni bir qator murakkab va riskli omillarni oʻz ichiga oladi. Shunday ekan, investorlarga toʻgʻri va aniq moliyaviy maʼlumotlar taqdim etish, ularning qarorlar qabul qilishida muhim rol oʻynaydi. Bu yerda pul oqimlari hisobotining roli nihoyatda muhim. Pul oqimlari hisobotlari kompaniyaning moliyaviy salohiyatini, likvidlikni va qarz majburiyatlarini qanday boshqarayotganini, shuningdek, investitsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini aniq koʻrsatadi. Hisobotda aks etgan pul oqimlarining tahlili, potensial investorlar uchun kompaniyaning kelajakdagi oʻsishi va barqarorligi haqida aniq tasavvur yaratadi. Shu sababli, investitsion faoliyatni ragʻbatlantirishda pul oqimlari hisobotining oʻrni katta boʻlib, bu hisobot kompaniyaning moliyaviy holatini va istiqbolini baholashda ajralmas vositaga aylangan.