Bizgа mа’lumki mаmlаkаtimizdа sаnoаt korxonаlаrini rivojlаntirishda investitsiyаlаrning roli kаttа аhamiyаtga ega. Shunday ekan bugungi kunda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolish va iqtisodiyotni raqobatbardoshligini ta’minlashda investitsiyalarning o‘rni beqiyos. Iqtisodiy faoliyаtning аmalga oshirilishi kаpitаl bilan bog‘liq bo‘lib, foyda olish yoki iqtisodiy-ijtimoiy sаmаrаgа erishish mаqsаdidа sarflаngаn mаblаg‘ investitsiyа sifatida qaraladi.
Ushbu maqolada ipoteka kreditining zarurati, uning ishlash mexanizmlari va islom moliya muassasalari tomonidan taklif etilayotgan islomiy ipotekaning o‘ziga xos jihatlari o‘rganib chiqildi. Shuningdek, turli mamlakatlarda uy-joyni moliyalashtirishda foydalanilayotgan islom moliyasi instrumentlari va ularning afzalliklari tahlil qilinib, islomiy ipoteka va an’anaviy banklar taklif qilayotgan ipotekaning qiyosiy tahlili ham amalga oshirilgan.
Мақолада замонавий ижтимоий-иқтисодий тадқиқотларнинг долзарб йўналишларидан бири – корпоратив бошқарувни ташкил этиш масалалари кўриб чиқилмоқда. Корпоратив бошқарув тизимини такомиллаштириш корхоналар фаолияти самарадорлигини ошириш, уларнинг ташқи молиялаштиришга имкониятларини кенгайтиришга хизмат қилади ва мамлакатимизнинг барқарор иқтисодий ўсишининг шартларидан бири ҳисобланади. Озиқ-овқат саноати корхоналари фаолиятининг жаҳон тажрибаси, бошқарувнинг корпоратив шакли миллий озиқ-овқат маҳсулотлари бозорини кенгайтириш ва йирик хорижий компаниялар экспанциясига қарши чиқиш воситаси эканлигини кўрсатмоқда.
Maqolada mamlakatimizda eksport va importning iqtisodiy oʼsishga ijobiy taʼsirini qoʼllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish ahamiyati oʼsganligining sabablari hamda yangi jihatlarini yoritishga harakat qilingan. Samarali tashqi iqtisodiy faoliyatga oid jahon amaliyoti va eksport va importni soliqlar orqali ragʼbatlantirish mexanizmining zamonaviy trendlari tajribalarini oʼzlashtirish asosida uning samarali vosita va usullarini qoʼllash xususiyatlari va vazifalari bayon etilgan. Oʼzbekiston Respublikasini 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarida samarali eksportning iqtisodiy oʼsishga ijobiy taʼsirini qoʼllab-quvvatlash yoʼnalishlari asoslab berilgan.
Ушбу мақолада Ўзбекистон телекоммуникация корхоналарида инновацион фаолият самарадорлигини баҳолаш методологияси кўриб чиқилган. Методологияда ҳисобга олинган асосий кўрсаткичлар инновацион фаоллик даражаси, инновацияларни жорий этишдан олинган иқтисодий ва ижтимоий натижалардир. Методология инновацион фаолият самарадорлигини баҳолаш ва янада такомиллаштириш йўналишларини аниқлаш имконини беради.