Maqolada innovatsion loyihalarni moliyalashtirish va ularni amaliyotga tatbiq etishda xalqaro moliya institutlarining roli tahlil qilinadi. Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi kabi yirik moliyaviy tashkilotlarning innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlashdagi strategiyasi, moliyaviy vositalari va texnik ko‘magi yoritiladi. Shu bilan birga, MDH davlatlari, xususan, Oʻzbekiston tajribasi asosida xalqaro institutlar bilan hamkorlik samaradorligi ham koʻrib chiqiladi. Maqolada olimlarning qarashlari, amaliy misollar, mavjud muammolar va istiqbolli takliflar asosida chuqur tahlil berilgan.
Mazkur maqola O‘zbekistonda turizm sohasining bugungi holatini, infratuzilma obyektlarining rivojlanganlik darajasini va ularning turizm rivojlanishiga taʼsirini tahlil qiladi. Maqolada shuningdek, transport tizimi, mehmonxona xizmatlari, axborot–kommunikatsiya texnologiyalari, jamoat xavfsizligi kabi infratuzilma elementlarining turizmning rivojlanishidagi roli va ularning oʻzaro bogʻliqligi koʻrib chiqiladi. Shuningdek, infratuzilmani yaxshilash orqali turizm sohasida erishish mumkin bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar va yechimini kutayotgan muammolar yoritiladi.
Mazkur maqolada temiryo‘l transportida yo‘lovchi xizmatlari sifatini oshirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda xizmat sifati ko‘rsatkichlari va yo‘lovchilar ehtiyojlari tizimli yondashuv asosida o‘rganildi hamda statistik tahlil, taqqoslash va so‘rovnoma usullaridan foydalanildi. Natijalar asosida xizmat sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqildi. Ushbu takliflar transport tizimi samaradorligini oshirish va yo‘lovchi talablarini qondirishga xizmat qiladi.