Мазкур мақолада тадбиркорлик субъектларига хизмат кўрсатишни янги босқичга чиқариш, аҳолининг солиқ маъмурчилиги бўйича саводхонлигини янада ошириш, тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш, тенг рақобат шароитини яратиш ва истеъмолчиларнинг ҳуқуқларини кафолатлаш ҳамда яширин иқтисодиётни жиловлашда кенг жамоатчиликнинг фаол иштирокини рағбатлантиришга асосланган маъмурчиликни такомиллаштириш ёритилган. Кейинги йилларда дунё мамлакатлари қисқа ва узоқ муддатли бюджет-солиқ сиёсатига оид стратегиясини ишлаб чиқишда солиқ тўловчилар томонидан солиқдан қочиш ҳолатлари олдини олиш ва уни камайтиришнинг турли хил механизмларини жорий этишга алоҳида эътибор бермоқда. Шу билан биргаликда ноқонуний молиявий оқимларни камайтириш, солиқ тўловчилар томонидан солиқдан қочиш ҳолатларини келтириб чиқарувчи омилларни таҳлил қилиш, яширин иқтисодиётни камайтириш орқали солиқ тўлашдан бўйин товлаш жараёнларининг илмий-назарий жиҳатларига қаратилган илмий тадқиқот ишларини олиб бориш устувор йўналишлардан бири бўлиб қолмоқда. Шу билан бирга, соҳалар ўрганилиб, хориж тажрибаси, мамлакатимизда уни қўллаш бўйича илмий-амалий хулоса ва таклифлар шакллантирилган.
Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko'rsatkichlarini tahlil qilish va bashorat qilish uchun ARIMA modelidan foydalanish ko'rib chiqildi. ARIMA modelidan foydalanish yalpi ichki mahsulot (YaIM), sanoat mahsuloti, asosiy kapitalga investitsiyalar va aholi daromadlari kabi ko'rsatkichlar uchun barqaror tendensiyalarni aniqlash va aniq bashoratlarni taqdim etishga imkon berdi.
Ushbu maqolamizda global va mahalliy iqtisodiy oʻsish, inflyatsiya, ish bilan taʼminlanish, investitsiyalar va boshqa makroiqtisodiy oʻzgarishlar tahlil qilinib, maqola iqtisodchilar tomonidan amalga oshirilgan prognozlar va tahlillarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, iqtisodiy siyosat, jahon savdosi va texnologik yangiliklarning iqtisodiy rivojlanishga qanday taʼsir koʻrsatishi kutilayotganligi ham koʻrib chiqildi. Maqolada iqtisodiy tahlil va global inqirozlar, barqaror oʻsish strategiyalari, ish oʻrinlarini yaratish va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash yoʻllari haqida fikrlar keltirilib oʻtildi. 2025-yil uchun makroiqtisodiy prognozlar davlatlararo hamkorlik, global iqtisodiyotning yangilanishi va yangi texnologiyalarning iqtisodiy taʼsiri haqida soʻz boradi. Bazis yildagi koʻrsatkichlarga nisbatan joriy yilgi koʻrsatkichlar tahlili koʻrilib chiqildi.
Maqolada yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar yoritib berilgan. Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish budjetlar daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatini oshirish yuzasidan tartib va amaliy tavsiyalar taklif etildi. Bundan tashqari, Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni soliqqa tortishning amaldagi holati bo‘yicha tadqiqot olib borilgan bo‘lib, mavzu doirasida iqtisodchi olimlarning tadqiqotlari o‘rganilib, xulosa va takliflar shakllantirildi.
Iqtisodiy mutanosiblikning buzilish sabablarini o‘rganish dastlab uning makro, mikro darajadagi ko‘rsatkichlari va mezonlarini ilmiy tadqiq etishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan ko‘plab makro darajadagi hisob-kitoblarni tahlil qiluvchi milliy iqtisodiyot mustaqil va tashkiliy jihatdan o‘zaro bog‘liq xo‘jalik yurituvchi subyektlardan iborat bo‘lib, turli mulk shakllari ko‘rinishida jamiyatdagi ijtimoiy va individual mehnat taqsimotining rivojlanishi hamda iqtisodiy manfaatlar tizimining bir-biriga mos ravishda amalga oshirilishini aks ettiradi. Agar iqtisodiy manfaatlar bir-biriga zid kelsa, iqtisodiy faollik susayadi, yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish sur'atlari pasayadi, aholi daromadlari kamayadi va bu holatni mutanosiblikning buzilish alomatlari deb qarash lozim bo‘ladi.