Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga oid tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlar tahlil qilingan. Muallif ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar, huquqiy asoslar va davlat dasturlarini ko‘rib chiqib, ularning samaradorligini baholagan. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sektorida ayollar ishtirokini kengaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada zamonaviy bozor talablaridan kelib chiqqan holda mahalliy sharoitga mos innovatsion yondashuvlar ilgari surilgan.
Ushbu maqola O‘zbekiston iqtisodiyotida xotin-qizlar tadbirkorligining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganadi va xizmat ko‘rsatish sohasida ularning faoliyatining ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada xotin-qizlar tadbirkorligining o‘sishini rag‘batlantirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar, shu jumladan ta’lim, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va davlat siyosatining roli yoritilgan. Xotin-qizlar tadbirkorligining xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘rni va uning iqtisodiyotga ta’siri bo‘yicha tahlil qilinadi va ushbu yo‘nalishda mavjud bo‘lgan muammolar va ularni hal etish usullari keltiriladi.
Ushbu maqolada mamlakatimizning bugungi iqtisodiy rivojlanishi kichik va o‘rta biznesda faol o‘zgarishlar jarayonlari bilan birga, xotin-qizlarning tadbirkorlikdagi faolligini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ayollar tadbirkorligi nafaqat aholi bandligi va daromadlari darajasini oshirishga xizmat qiladi, balki barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda ham muhim o‘rin tutishi asoslangan
O‘zbekistonda xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni kasbga yo‘naltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xotin-qizlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini yaxshilash gender tengsizligiga barham berishda muhim o‘rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada xotin-qizlar bandligini ta’minlashda kasbiy tayyorgarlik tizimi masalalariga e’tibor qaratilgan.
Ушбу тадқиқотда Ўзбекистонда аёлларнинг рақамли трансформацияга мослашуви жараёни комплекс ўрганилган. Гендер рақамли тафовут индекси асосида мамлакатимизда хотин-қизларнинг рақамли технологиялардан фойдаланиш даражаси, уларнинг рақамли кўникмалари ва рақамли трансформацияга мослашув жараёнидаги асосий муаммолар таҳлил қилинган. Тадқиқот давомида статистик маълумотлар, қиёсий таҳлил, сегментлаш, хорижий мамлакатлар тажрибаси чуқур ўрганилган. Гендер рақамли тафовут индексининг методологияси таҳлил қилинган ва хотин-қизларнинг ахборот-коммуникация технологияларидан фойдаланиш даражасини SPSS дастури ёрдамида баҳолаш амалга оширилган. Натижада аёлларнинг рақамли трансформацияга мослашувини тезлаштириш, рақамли кўникмаларини ошириш ва гендер рақамли тафовутни камайтириш бўйича илмий асосланган таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.