Ushbu maqola Jahon bankining Business Ready (B-READY) doirasi asosida biznes to‘lovga qodir emaslik sohasidagi mamlakatlararо farqlarni tahlil etadi. Tadqiqot O‘zbekistonning OECD iqtisodiyotlari va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHT) a’zolari orasidagi o‘rnini alohida ko‘rib chiqadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, to‘lovga qodir emaslik bo‘yicha ko‘rsatkichlar birinchi navbatda to‘lovga qodir emaslikka oid qonunchilik bazasining mavjudligi va mustahkamligi bilan emas, balki institusional infratuzilma, raqamlashtirish va restrukturizatsiyaga yo‘naltirilganlik bilan belgilanadi. Olingan xulosalar samarali to‘lovga qodir emaslik tizimlarining qonunchilik yutuqlari emas, balki institusional yutuqlar ekanligini empirik tarzda isbotlash orqali qiyosiy to‘lovga qodir emaslik nazariyasiga muhim hissa qo‘shadi
Mazkur maqolada tibbiyot tashkilotlarida nomoliyaviy aktivlar hisobini yuritish amaliyoti tahlil qilinadi va uni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlar taklif etiladi. Nomoliyaviy aktivlar tibbiy uskunalar, dasturiy ta’minot, litsenziyalar, ilmiy ishlanmalar va boshqa aktivlarni o‘z ichiga olib, muassasaning xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Turli moliyalashtirish manbalaridan olingan nomoliyaviy aktivlarni hisobga olishda yagona yondashuvlar mavjud emasligi, avtomatlashtirish darajasining pastligi va hisob siyosatidagi nomuqobilliklar mavjud. Ushbu maqolada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sog‘liqni saqlash sohasi islohotlari fonida, hisob jarayonlarini raqamlashtirish, aktivlarni aniq baholash, hisob siyosati va ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirishga oid tavsiyalar ilgari surilgan.
Maqolada keyingi yillarda juda ham muhim moliyaviy koʻrsatkichlardan biri boʻlgan valyutalarning barqarorligi tahlil etilgan. Bunda Oʻzbekiston valyutasini asos valyuta qilib olgan holda qoʻshni davlatlar valyutalarini almashinuv bozoridagi bardoshliligi solishtirma usulda tahlil etilgan. Hill bahosi va OLS log-log regressiya modellaridan foydalanib amalga oshirilgan tahlillar natijasida muhim xulosalar olingan.