Ushbu maqolada takoful sug‘urta fondlarini tashkil etishda takoful modellari turlari, takoful modellari farqlari, rivojlantirish va islom sug‘urta moliya bozorining mohiyati, uning zamonaviy islomiy moliyaviy instrumentlariga oid ilmiy yondashuvlarni tadqiq etish, hamda takoful sug‘urta modellarining ishlash mexanizmi va tipologiyasining ilmiy asoslarini ochib berish, jahon sug‘urta bozorida takoful sug‘urta fondlari modellarining mazmuni va uning roliga oid ilmiy-nazariy qarashlarini yoritib berish, sug‘urta bozorida takoful sug‘urta fondlari modellarining rivojlanishi va zamonaviy holatini baholash masalalari yoritilgan
O‘zbekiston sug‘urta bozorida bir qator muammolar va kamchiliklar borki, bu omillar iqtisodiyotning bu sektori samaradorligini pasaytirayotgan asosiy sabablardan biridir. Mazkur maqola sug‘urta xizmatlari tizimidagi mavjud kamchiliklarni o‘rganib, ular yechimi uchun tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan. Sug‘urta xizmatlarining yetarlicha rivojlanmaganligi, xalqaro standartlarga mos bo‘lmagan me’yoriy-huquqiy baza va boshqa bir qancha muammolar tahlil qilingan. Shu bilan birga, aholining sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xorijiy tajribalarni qo‘llash bo‘yicha amaliy takliflar keltirilgan. Maqola sug‘urta sohasini rivojlantirishga qaratilgan dolzarb muammolarni yoritgan.
Soʻnggi yillarda ipoteka kreditlari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, kapital bozorining muvaffaqiyatli rivojlanishi, shu jumladan ipoteka va sugʻurta tizimisiz mumkin emas. Shu nuqtayi nazardan ushbu mavzu hamisha dolzarb va tadqiqotchilarni diqqat eʼtiboridadir. Ushbu maqolada ipoteka sugʻurtasi tushunchasi, uning asosiy turlari va amal qilish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada ushbu munosabatlarning turli ishtirokchilari uchun ipoteka sugʻurtasining asosiy afzalliklari koʻrsatib oʻtilgan.
Мақола молиявий рисклар, уларни таснифлаш ва бошқариш усулларини ўрганишга бағишланган. Кредит, валюта ва фоиз ставкаси каби рискларнинг асосий турлари ва уларнинг молиявий фаолиятга таъсири кўриб чиқилган. Рискларни бошқариш усуллари, жумладан, диверсификация қилиш, хеджирлаш, суғурталаш ва захираларни яратиш ёритилган. Ноаниқлик ва ўзгарувчан ташқи муҳит шароитида рискларни камайтириш ва бизнеснинг барқарорлигини оширишга ёрдам берадиган блокчейн ва сунъий интеллект каби замонавий технологияларга эътибор қаратилган.