Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida sanoat yuklarini temir yo‘l va avtomobil transporti o‘rtasida muvofiqlashtirish muammolari va yechim yo‘llari o‘rganiladi. Intermodal tashish tizimlarining samaradorligi, muvofiqlashtirishga ta'sir etuvchi omillar va zamonaviy raqamli boshqaruv vositalari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ikki transport turini integratsiyalashgan boshqarish narxlarni 15–25% kamaytirish va yuk yetkazib berish muddatlarini sezilarli qisqartirish imkonini beradi. Muammoni hal etishda muvofiqlashtirish modeli va amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar taklif etiladi
Ushbu maqola Markaziy Osiyo mamlakatlarining logistika va transport salohiyatini tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekistonning mintaqadagi savdo aloqalariga alohida e’tibor qaratadi. Logistika samaradorligining ikki tomonlama savdo oqimlariga ta’sirini baholash uchun 2010-2023 yillardagi panel ma’lumotlari yordamida LPI ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan kengaytirilgan tortishish modeli baholanadi. Empirik natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonning logistika ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi mintaqaviy savdo oqimlariga statistik jihatdan ahamiyatli va ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, masofaga bog‘liq savdo xarajatlarini qisman qoplaydi.
Ushbu maqolada turli olimlar va manbalar tomonidan berilgan temir yo‘l diplomatiyasi tushunchasi bilan bog‘liq ta’riflar tadqiq qilinadi. Shuningdek, turli mamlakatlarda temir yo‘l diplomatiyasiga bo‘lgan yondashuvlar, mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi sharoitida temir yo‘l diplomatiyasining rivojlanish istiqbollari yoritilgan. Maqolada temir yo‘l diplomatiyasini butun iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari uchun qo‘llashning mumkin bo‘lgan oqibatlari va manfaatlar haqida so‘z boradi. Ishda muayyan mamlakatlarda temir yo‘l diplomatiyasi bilan bog‘liq ayrim loyihalarga oid statistik ma’lumotlardan ham foydalanilgan.