To'qimachilik sanoati mahsulotlari yuqori qo'shilgan qiymat darajasiga ega, valyuta tushumi uchun qulay, mamlakat byudjetining daromad qismini shakllantiradigan hamda ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish manbalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, ushbu sanoat tarmog’i aholini ish joy va daromad bilan ta'minlashda ham muhim o'rin tutadi. Shunga ko'ra, to'qimachilik sanoatining mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o'rnini e'tiborga olgan holda soha ko'rsatkichlarini tahlil etish asosida undagi majud, ammo foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash zarur hisoblanadi.
Ushbu maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati va uning zamonaviy rivojlanish tendensiyalari tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida ushbu tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi o‘rni, bandlik darajasiga ta’siri, hududiy iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishdagi roli va tashqi savdo balansi muvozanatiga qo‘shayotgan hissasi yoritilgan. Shuningdek, sohaning rivojlanish istiqbollari texnologik modernizatsiya, raqamlashtirish, ekologik standartlarga moslashuv va xalqaro bozorga integratsiyalashuv kabi yo‘nalishlar asosida tahlil qilinadi. Maqolada nazariy yondashuvlar va dolzarb statistik ma’lumotlarga tayangan holda to‘qimachilik sanoatining transformatsion salohiyati asoslanadi va uni yanada takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalar beriladi.
Maqolada tо‘qimachilik korxonalari ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishda sifatli mahsulot ishlab chiqarish hamda moliyaviy iqtisodiy kо‘rsatkichlar holatini tahlil qilishga e’tibor qaratilgan.
Ushbu maqolada to‘qimachilik sanoatida logistika jarayonlari va ta’minot zanjirlarining shakllanish holati tahlil qilingan. Logistika tizimining samaradorligini oshirish, mahsulot yetkazib berish tezligi, xomashyo ta’minoti va ishlab chiqarish jarayonidagi uzluksizlik masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda ichki va tashqi bozor sharoitida ta’minot zanjirini boshqarishning o‘ziga xos jihatlari hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llashning ahamiyati yoritilgan. Natijalar tarmoq korxonalarida xarajatlarni kamaytirish va raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.