Maqolada soliq riskining iqtisodiy mohiyati va unga oid ilmiy qarashlarning ahamiyati, O‘zbekistonda iqtisodiy xatti-harakatlar va natijalarni shakllantirishda soliq siyosatining ahamiyati ko‘rsatilgan. Ular yuqori soliq stavkalari, murakkab qoidalar va past soliq axloqi tadbirkorlik faolligi va rivojlanishiga jiddiy to‘siq bo‘lishi jihatdan o‘rganilgan hamda ilmiy xulosa va takliflar shakllantirilib, soliq riskining iqtisodiy mohiyati va unga oid ilmiy qarashlar nazarda tutilgan.
Ushbu maqolada yuqori daromadga ega jismoniy shaxslarni soliqqa tortish ma’muriyatchiligini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Maqolada xalqaro tajribalar asosida soliqqa tortish tizimining samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilingan hamda O‘zbekiston sharoitida qo‘llash mumkin bo‘lgan mexanizmlar o‘rganilgan. Tadqiqotda quyidagi masalalarga e’tibor qaratilgan: yuqori daromadli jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalarini belgilash tamoyillari, soliqqa tortishda shaffoflik va adolatni ta’minlash, soliq ma’muriyatchiligida raqamlashtirish va elektron tizimlardan foydalanish, shuningdek, soliqni yashirish va chet elga kapital chiqib ketishining oldini olish mexanizmlari. O‘zbekiston uchun yuqori daromadga ega jismoniy shaxslarni soliqqa tortish ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqlarning turli mamlakatlardagi tizimi va undirish mexanizmlarining solishtirma tahlili keltirilgan. Soliq stavkalari, imtiyozlar, deklaratsiya tartiblari hamda to‘lov usullari bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning amaliy tajribalari tahlil qilinib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri yoritilgan. Shuningdek, progressiv va proporsional soliqlarning adolatli taqsimotga ta’siri hamda investitsion daromadlarga nisbatan soliqlarning o‘rni muhokama qilingan. O‘zbekiston soliq tizimini takomillashtirishda xorijiy tajribalardan foydalanishning istiqbollari asoslangan. Maqolada daromad solig‘ini yig‘ish mexanizmlarining samaradorligi va adolatlilik darajasi iqtisodiy barqarorlik va byudjetga tushumlar nuqtai nazaridan tahlil etilgan.
Ўзбекистонда кадастp қийматига асосланган кўчмас мулкни солиққа тоpтишнинг ўзига хос хусусиятлаpини янада чуқуppоқ ўpганишни талаб қилади. Мақолада pивожланган давлатлаpда кўчмас мулк солиғини ундиpиш тажpибалаpи, унинг солиқ тизимидаги аҳамияти таҳлил қилинган. Pивожланган давлатлаpда амал қилаётган кўчмас мулк солиғининг концептуал асослаpини чуқуp ўpганиш ва улаpни мамлакатимиз солиқ тизимида самаpали қўллаш юзасидан амалий тавсиялаp ишлаб чиқиш заpуpлиги асосланди, шунингдек, кўчмас мулкни солиққа тоpтишда замонавий солиқ тизимлаpида асос қилиб олинган умумий қоидалаp ва мамлакатимизда кўчмас мулкка солиқ солиш билан боғлиқ муаммолаp ўpганилган.