Mazkur maqolada turizm turlarini diversifikatsiyalashni boshqarishning nazariy va metodologik asoslari kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda diversifikatsiya tushunchasining iqtisodiy mazmuni, uning turizm tizimidagi o‘rni va strategik ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Turizmni tizimli, strategik va barqaror rivojlanish tamoyillari asosida boshqarish zarurati ko‘rsatilgan. Tadqiqot davomida turizm turlarini diversifikatsiyalashni boshqarishning konseptual modeli taklif etilgan bo‘lib, u resurs salohiyatini baholash, bozor segmentatsiyasi, turizm mahsuloti portfelini shakllantirish, institutsional mexanizmlarni takomillashtirish va monitoring tizimini joriy etish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, diversifikatsiyaning iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, mavsumiylikni kamaytirish, hududiy rivojlanishni rag‘batlantirish va qo‘shimcha qiymat yaratish, turizm sohasida strategik qarorlar qabul qilish, sohani raqobatbardosh va barqaror rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tavlif va tavsiyalar ishlab chiqilgan
Mazkur ilmiy maqolada turizm industriyasining mazmuni, tarkibi va rivojlanish bosqichlari olimlar fikrlari asosida yoritilib, sanoatning shakllanishida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy omillarning o‘rni ko‘rsatib beriladi. Turizm industriyasining zamonaviy tarkibi, shuningdek, global tendensiyalar, kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahlil etilgan hamda sohani yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan.
Mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta’minlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ушбу мақолада Қатар туризм соҳасини рақамлаштириш, хусусан, туризмга сунъий интеллект, буюмлар интернети-IoT, VR ва 3D каби рақамли технологияларнинг татбиқ этилиши ҳамда унинг ривожланиш босқичлари очиб берилган. Шунингдек, мақолада рақамлаштиришнинг мамлакат иқтисодиётига ижобий таъсири ва натижалари ёритилган.