Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida Yirik soliq toʻlovchilar inspeksiyasi soliq maʼmurchiligini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari, xususan, soliq tizimini raqamlashtirish, xalqaro standartlarni (OECD) implementatsiya qilish va soliq nazoratini optimallashtirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida soliq auditi uchun nomzodlarni tanlashda inson omilini kamaytirish, "Big Data" texnologiyalaridan foydalangan holda tahliliy jarayonlarni tezlashtirish va elektron tijorat sohasida soliq bazasini kengaytirish boʻyicha aniq yechimlar taklif etilgan. Shuningdek, yirik soliq toʻlovchilar uchun soliq monitoringi tizimini joriy etish orqali maʼmuriy yukni kamaytirish va soliq toʻlovchilar bilan oʻzaro ishonchga asoslangan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish mexanizmlari yoritilgan
Respublikamizda soliq tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotda yashirin aylanmani qisqartirish va Oʻzbekiston Respublikasi adolatli soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish maqsadida soliq maʼmurchiligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali soliq bazasini kengaytirish hamda soliq tizimida amalga oshirilayotgan ayrim muhim islohotlar oʻrganilib, xorij tajribasi, mamlakatimizda uni qoʻllash boʻyicha ilmiy-amaliy xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada yirik soliq toʻlovchilarning soliq maʼmurchiligini amalga oshirishning xorij tajribasi tahlil qilingan boʻlib, bu tahlillar natijasida Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligini takomillashtirish masalalari, yirik soliq toʻlovchilarning soliq maʼmurchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Maqolada qoʻshilgan qiymat soligʻi bazasini hisoblashning oʻziga xos xususiyatlari, uni aniqlashdagi ayrim murakkabliklar va muammolar tahlil etilgan hamda soliq bazasining shakllantirishni takomillashtirish masalalariga eʼtibor qaratiladi. Bundan tashqari, qoʻshilgan qiymat soligʻi bazasini aniqlash va hisoblash yuzasidan kiritilgan oʻzgarishlar va qoʻshimchalarni qoʻllash natijalarga asoslanib tegishli xulosalar shakllantirilgan va tavsiyalar ishlab chiqilgan