Ўзбекистонда молия бозорини модернизация қилиш жараёнида қимматли қоғозлар бозорини самарали ташкил этиш ва унинг таркибий қисмлари бўлган бирламчи ва иккиламчи бозорлар фаолиятини такомиллаштириш муҳим аҳамият касб этмоқда. Бирламчи қимматли қоғозлар бозори орқали корхоналарнинг капитал жалб этиш имкониятлари кенгайса, иккиламчи бозорда ликвидлик, шаффофлик ва инвесторлар ишончини таъминлаш орқали миллий иқтисодиётнинг барқарор ривожланишига замин яратилади. Тадқиқотда қимматли қоғозлар билан боғлиқ операцияларни самарали ташкил этиш истиқболлари, институционал ислоҳотлар, рақамли технологияларни жорий этиш ва халқаро тажрибани қўллаш имкониятлари илмий жиҳатдан таҳлил қилинган
Mazkur maqolada 2018–2024 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida davlat qimmatli qog‘ozlari bozorining holati va tuzilishi, jumladan talab va joylashtirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha har tomonlama tahlil qilingan. Davlat obligatsiyalari moliyaviy tizimning muhim elementi hisoblanib, ichki va tashqi investitsion resurslarni safarbar etishga xizmat qiladi. Tadqiqotda ushbu bozor segmentining to‘liq rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan institutsional va tuzilma bilan bog‘liq cheklovlar aniqlangan. Ular qatoriga mavjud qarz instrumentlarining cheklanganligi, ikkilamchi bozorda likvidlikning pastligi, qisqa muddatli obligatsiyalarning ustuvorligi hamda foiz stavkalari o‘zgaruvchan obligatsiyalar kabi moslasha oladigan vositalarning mavjud emasligi kiradi. Muallif tomonidan davlat obligatsiyalari muomalasining to‘liq ko‘p bosqichli infratuzilmasini yaratish uchun indekslashgan, “yashil” va ijtimoiy obligatsiyalar kabi innovatsion vositalarni joriy etish zarurligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, davlat qarzi siyosatida shaffoflikni ta’minlash va byudjet moliyalashtirilishining barqarorligini kuchaytirishda davlat obligatsiyalari bozorini rivojlantirish strategik ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan.
Ushbu maqolada respublikamizdagi aksiyadorlik jamiyatlarini iqtisodiy koʻrsatkichlarining shaffofligini taʼminlash va ularning ikkilamchi bozordagi aksiyalari qiymatini oʻzgarishini ochiq joylashtirish masalalari yoritib beriladi. Aksiyadorlik jamiyatlarini eng muhim koʻrsatkichlari tahlili asosida investorlarni jalb etish masalalari ushbu maqolada koʻrib chiqiladi.
Ushbu tadqiqot asosan Oʻzekiston fuqarolari uchun tashqi migratsiya bozorlarini talab va takliflarini oʻrganish, hozirgi migratsiya va emigratsiya trendlarini chuqur tahlil qilish, fuqarolar uchun xorijda potensiali boʻlgan mamlakatlar hukumati bilan ikki tomonlama shartnoma tuzish va asosan oʻrta maʼlumotli fuqarolarni chet elda ishlash uchun kasbiy tayyorgarlik ishlarini jaddalligini oʻrganish va xulosa berishga qaratilgan, aralash uslubda tadqiqotlar olib borilgan.