Ushbu maqolada sug‘urta obyektlari sifatida, asosan, mol-mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish bilan bog‘liq mulkiy manfaatlarga alohida e’tibor qaratilgan. Tashkilotlarda sug‘urta hodisalari xarajatlarini hisobga oluvchi hujjatlar yuridik kuchga ega bo‘lishi asoslangan. Hujjatlashtirish yordamida sug‘urta ishi yuritish jarayonini nazorat qilish va uning samaradorligini oshirishda sug‘urtalash uchun sarf qilingan xarajatlarni miqdoriy, qiymat va sifat jihatidan axborot beruvchi ma’lumotlarning tezkorligini oshirish hamda ishonchliligini ta’minlash asoslangan.