Ushbu maqolada Samarqand viloyatidagi tabiiy turistik resurslardan foydalanish holati va ularni samarali rivojlantirish strategiyalari chuqur tahlil qilingan. Hududda mavjud ekologik, geologik, gidrologik hamda landshaft resurslar asosida ekoturizmni, sog‘lomlashtiruvchi turizmni va sarguzasht turizmini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, ekologik muvozanat va barqaror turizm tamoyillari asosida ishlab chiqilgan strategik yondashuvlar asosida takliflar ilgari surilgan. Tahlil qilish natijasida mintaqaning turistik salohiyatini bashoratlash uchun zarur boʻlgan ekonometrik modelni yaratib, modeldan foydalangan holda mintaqaning turizm sohasidagi barcha koʻrsatkichlarini bashorat qilish zarurligi koʻrsatib oʻtilgan.
Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekistonda ekologik turizm turlarining nazariy-metodologik jihatlari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston ekoturizmining tashkiliy shakllari tasnifi tuzildi, O‘zbekistonda ekologik turizmning ommabop turlari salohiyatini rivojlantirish istiqbollari ta’kidlangan. O‘zbekiston еkologik turizm klasterining to‘rtta shakli umumlashtirilgan: ekoturizmning ilmiy turlari, ekoturizmning kognitiv-ta’limiy turi, rekreatsion ekoturizm, ekoturizmning sarguzashtli-ekstremal turi.
Mazkur maqolada turizmni rivojlantirish va turistik-rekreatsion obyektlardan samarali foydalanish va Surxondaryo viloyatida turistik-rekreatsion klasterlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi omillar SWOT tahlili haqida ma’lumot beriladi.