Ushbu maqolada dunyo mamlakatlarida hozirda qo‘llaniladigan turli xil sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish modellarining qiyosiy tahlili keltirilgan. Ushbu modellar aholiga keng ko‘lamli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini berish va ijtimoiy farovonlikni yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, bu mehnat unumdorligi va iqtisodiy o‘sishga bevosita ta’sir qiladi. Maqolada har bir sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish modelining operatsion xususiyatlari, afzalliklari va kamchiliklari batafsil ko‘rib chiqiladi.
Maqolada davlat sektorida ichki audit xizmatini tashkil etish va joriy etish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi. Ichki audit tashkilotining bugungi holati va xorijiy tajribani o‘rganish asosida turli xorijiy davlatlarda ichki audit xizmatini joriy etish va uning respublikamizda faoliyat yuritish mexanizmi bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Ushbu ilmiy maqola milliy iqtisodiyotning turli sohalarida blokcheyn texnologiyasining qo‘llanilishini tahlil qiladi. Maqolada blokcheynning iqtisodiyotdagi afzalliklari, markazlashmagan boshqaruv tizimi, xavfsizlik va shaffoflik imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, texnologiyaning moliya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda qo‘llanilishi hamda O‘zbekiston tajribasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, blokcheyn texnologiyasi milliy iqtisodiyotning samaradorligini oshirish va raqamli transformatsiyani rag‘batlantirish imkonini beradi
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati agroqayta ishlash korxonalarida logistika va ta’minot zanjiri samaradorligini oshirishning optimal-tizimli modeli ishlab chiqilgan. Tadqiqotda xomashyo yetkazib berish, saqlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotni taqsimlash jarayonlarining integratsiyalashgan boshqaruv mexanizmlari tahlil qilindi. Chiziqli dasturlash, transport modeli va tizimli tahlil metodlari asosida logistika xarajatlarini minimallashtirish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, optimal logistika modeli korxonalarda transport xarajatlarini kamaytirish, mahsulot yetkazib berish tezligini oshirish va resurslardan samarali foydalanishga xizmat qilishi asoslandi