Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar tizimli tahlil qilindi. Tadqiqotning maqsadi hududda kichik biznes sektorining iqtisodiy o‘sishdagi o‘rni, uning sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, xizmatlar sohasi va tashqi savdo ko‘rsatkichlariga qo‘shayotgan hissasini aniqlashdan iboratdir. Tadqiqot metodologiyasi sifatida statistik tahlil, qiyosiy va trend tahlili, shuningdek, ilmiy adabiyotlar sharhi va amaliy ma’lumotlarni kompleks qayta ishlash usullaridan foydalanildi. Natijalar kichik biznesning hududiy iqtisodiyot barqarorligida muhim o‘rin tutishini, biroq investitsion muhit, infratuzilma va innovatsion rivojlanish omillarini yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatdi. Maqola yakunida Qashqadaryo viloyatida kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar va amaliy takliflar ishlab chiqildi
XX–XXI asrlar bo‘sag‘asida jahon xo‘jaligida rivojlangan mamlakatlar yetakchi o‘rin egallab, ular asosan Yevropa va Shimoliy Amerikada joylashgan. «Katta yettilik» (keyinchalik «katta sakkizlik») mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishi tabiiy resurslardan samarali foydalanish hamda uzoq muddatli ilmiy-texnik taraqqiyot bilan belgilanadi. Ushbu davlatlarda resurs tejamkorligi va energetik samaradorlik ustuvor ahamiyat kasb etadi. Masalan, AQShda XX asr davomida ishlab chiqarish hajmlarining sezilarli o‘sishi kuzatilgan. Shu bilan birga, sanoat rivojlanganiga qaramay, narxlar darajasining yuqoriligi xizmatlar sohasi kengayishi va ilmiy-texnik inqilobga asoslangan yangi tarmoqlarning shakllanishi bilan izohlanadi.
Mazkur maqolada Samarqand viloyatida investitsion-qurilish jarayonlarining holati, mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llari tahlil qilingan. Viloyatda urbanizatsiya, infratuzilma modernizatsiyasi va sanoat zonalarini kengaytirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar asosida investitsion muhitni yaxshilashning ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan. Shuningdek, xorijiy tajribalar asosida zamonaviy qurilish boshqaruvi mexanizmlarini joriy etish, davlat-xususiy sheriklikni kuchaytirish va raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash orqali samaradorlikni oshirish imkoniyatlari asoslab berilgan.
Ushbu maqolada respublikamizdagi aksiyadorlik jamiyatlarini iqtisodiy koʻrsatkichlarining shaffofligini taʼminlash va ularning ikkilamchi bozordagi aksiyalari qiymatini oʻzgarishini ochiq joylashtirish masalalari yoritib beriladi. Aksiyadorlik jamiyatlarini eng muhim koʻrsatkichlari tahlili asosida investorlarni jalb etish masalalari ushbu maqolada koʻrib chiqiladi.