Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekistonda ekologik turizm turlarining nazariy-metodologik jihatlari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston ekoturizmining tashkiliy shakllari tasnifi tuzildi, O‘zbekistonda ekologik turizmning ommabop turlari salohiyatini rivojlantirish istiqbollari ta’kidlangan. O‘zbekiston еkologik turizm klasterining to‘rtta shakli umumlashtirilgan: ekoturizmning ilmiy turlari, ekoturizmning kognitiv-ta’limiy turi, rekreatsion ekoturizm, ekoturizmning sarguzashtli-ekstremal turi.
Mazkur maqolada turistik-rekreatsion zonalar samaradorligining nazariy va metodologik asoslari tahlil qilingan. Samaradorlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni mahalliy va xorijiy ilmiy manbalar asosida yoritib berilgan. Resurslardan oqilona foydalanish va natijadorlik o‘rtasidagi nisbat asosiy mezon sifatida asoslangan. Turistik-rekreatsion zonalar faoliyatini baholashda iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy ko‘rsatkichlarning ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, samaradorlikni aniqlashda turistlar oqimi, investitsiya qaytimi va bandlik darajasi muhim indikatorlar sifatida talqin qilingan. Ilmiy yondashuvlar asosida samaradorlikni kompleks baholash zarurati asoslangan. Turistik zonalarning hududiy rivojlanishdagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari samaradorlikni oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Mazkur yondashuv barqaror turizm rivojlanishini ta’minlashga ilmiy asos yaratadi.
Ushbu maqolada turistik rekreatsion zonalarning turizm va xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘rni va ahamiyati yoritib berildi va o‘rganildi. Tanlangan mavzuni chuqurroq o‘rganish maqsadida yurtimizning yalpi ichki mahsulotida xizmatlar sohasini ko‘rib chiqamiz. Maqolaning xulosa va takliflar qismida esa turistik-rekreatsion zonalar istiqboli va takliflari keltirib o‘tilgan.
Mazkur maqolada turizmni rivojlantirish va turistik-rekreatsion obyektlardan samarali foydalanish va Surxondaryo viloyatida turistik-rekreatsion klasterlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi omillar SWOT tahlili haqida ma’lumot beriladi.
Ushbu maqolada turizm korxonalari faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha aniq innovatsion mexanizmlarning samaradorligi oʻrganilib, jahonda ushbu sohani rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan eng soʻnggi innovatsion mexanizmlar, sunʼiy intellekt asosidagi bronlash tizimlari, virtual reallik sayohatlari, barqaror turizm tashabbuslari kabi yoʻnalishlar va ularning natijadorligi oʻrganilgan.