Maqolada mintaqaviy innovatsiyalar samaradorligini oshirishda uchlik spiral modelining o‘rni ko‘rib chiqiladi. Innovatsion jarayonning uchta asosiy ishtirokchisi: universitetlar, biznes va davlatning o‘zaro hamkorligiga alohida e’tibor qaratiladi. Ilmiy nashrlarni tahlil qilish asosida mintaqaviy rivojlanish, texnologik tadbirkorlik va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda uch karra spiral modelini qo‘llashning asosiy yondashuvlari ochib berilgan. Muallifning xulosasiga ko‘ra, mintaqaviy innovatsion tizimning samaradorligi nafaqat ilmiy tashkilotlar, korxonalar va davlat institutlarining mavjudligiga, balki ularning o‘zaro hamkorligi sifatiga, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish darajasiga, innovatsion infratuzilmani rivojlantirishga va mintaqaning bilimlarni iqtisodiy natijaga aylantirish qobiliyatiga ham bog‘liq
Mazkur maqolada mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda raqamli transformatsiyaning o‘rni va ahamiyati nazariy hamda metodologik jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar sun’iy intellekt, big data, bulutli hisoblash, IoT va elektron platformalarning hududiy iqtisodiy tizimlarga ta’siri o‘rganilib, ularning resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, investitsion jozibadorlikni kuchaytirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi roli asoslab beriladi. Tadqiqotda mintaqaviy rivojlanishda raqamli transformatsiyaning institutsional, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari integratsiyalashgan yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Olingan natijalar mintaqaviy siyosatni raqamlashtirish orqali hududlararo tafovutlarni kamaytirish va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
Maqolada ma’lum bir mintaqaning o‘ziga xos geografik, iqlimiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik sharoitlariga individual yondashuvni talab qiladigan barqaror tabiiy kapital to‘plashning mintaqaviy usullari muhokama qilinadi. Shuningdek, resurslarni tejaydigan va tabiatni asraydigan innovatsiyalar va texnologiyalarga sarmoya kiritish, ishlab chiqarishni ilmiy, texnologik va institutsional jihatdan qo‘llab-quvvatlash va komillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.