Ushbu maqolada energetika sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarining iqtisodiy mohiyati ilmiy-nazariy asosda yoritilgan hamda uning iqtisodiy samaradorligini baholash metodlari tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli transformatsiyaning energetika korxonalariga ta’siri, xususan, xarajatlarni kamaytirish, energiya yo‘qotishlarini qisqartirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va investitsiya jozibadorligini ta’minlashdagi o‘rni asoslab berilgan. Maqolada digitizatsiya, digitalizatsiya va raqamli transformatsiya tushunchalari o‘zaro solishtirilib, ularning iqtisodiy mazmuni ochib berilgan. Shuningdek, raqamli loyihalarning iqtisodiy natijalarini baholashda qo‘llaniladigan asosiy metodlar KPI tizimi, senariyli tahlil (Scenario analysis), xarajat–foyda tahlili (Cost–Benefit Analysis), investitsion tahlil (NPV, IRR, Payback Period) va integral baholash modeli mukammal yoritilgan.
Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va tahlil qilish usullarini o‘zgartirdi. Katta hajmdagi ma’lumotlar(Big Data) ekonometrik tadqiqotlar uchun yangi imkoniyatlar va muammolarni keltirib chiqardi. Ushbu maqolada ekonometrik usullarning katta hajmdagi ma’lumotlartahlili bilan integratsiyalashuvi, zarur bo‘lgan metodologik yangiliklar va empirik iqtisodiy tadqiqotlarning natijalari muhokama qilinadi. Tadqiqot shuningdek, ekonometriya mutaxassislariga modelning aniqligi va talqin qilinishini saqlab qolgan holda katta hajmdagi ma’lumotlarto‘plamining murakkabligi va ko‘lamini boshqarishga yordam beradigan zamonaviy vositalar va fikrlarga urg‘u beradi. Bundan tashqari, u an’anaviy ekonometrik fikrlash va hisoblash usullarining kombinatsiyasi zamonaviy raqamli iqtisodiyotda iqtisodiy tahlil sifati va ko‘lamini qanday oshirishiga urg‘u beradi
Maqolada mahalla tizimida davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimining fuqarolarning shaxsiy ishtirokini qisqartirish “3 qadam”, “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan” tamoyillari asosida takomillashtirilgan mahalla tizimida davlat xizmatlariga boʻlgan talabni aniqlash, davlat xizmatlari koʻrsatish talablarini belgilash, davlat xizmatlari koʻrsatish standartlarini belgilash, davlat xizmatlari roʻyxatini shakllantirish, davlat xizmatlari koʻrsatishdagi ustuvorliklarni belgilash imkonini beruvchi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi va uning mahalla tizimida davlat xizmatlari koʻrsatishni tashkil qilish jarayoni yoritib berilgan. Ushbu tashkiliy-iqtisodiy mexanizm asosida mahalla tizimida davlat xizmatlari koʻrsatishning asosiy yoʻnalishlarini taklif qilingan.