Ushbu maqolada qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini marja asosida aniqlash metodologiyasining ilmiy asoslari tadqiq etilgan. Unda O‘zbekistonda 2026-yildan joriy etilgan marja yondashuvining mazmuni, uni qo‘llashning huquqiy va metodologik asoslari, amaliyotda uchrayotgan asosiy muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqotda marja bazasi samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan qo‘llash shartlari, QQSni hisoblash algoritmi va boshqa segmentlarga tatbiq etish bo‘yicha 5 mezonli filtr taklif etilgan. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya tajribasi asosida marja bazasining fiskal neytrallik, hujjatlashtirish intizomi va nazorat indikatorlari bilan bog‘liq jihatlari yoritilgan. Maqolada marja bazasi yondashuvini O‘zbekiston sharoitida ilmiy asoslangan holda takomillashtirish yuzasidan xulosa va takliflar ishlab chiqilgan