Ushbu maqolada o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyatidan olinadigan daromadlarni soliqqa tortishning budjet daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan. Xususan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonida xaridorlarga hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish majburiyatini joriy etish orqali daromadlar hisobini shaffoflashtirish, yashirin aylanmalarni qisqartirish hamda soliq bazasini kengaytirish masalalari asoslangan. Maqolada ushbu mexanizm soliq ma’murchiligi samaradorligini oshirish, budjet tushumlari barqarorligini ta’minlash va norasmiy iqtisodiyot ulushini kamaytirishga xizmat qilishi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyatida raqamli hisob yuritish va elektron hujjatlashtirish amaliyotini kengaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan
Mazkur maqolada 2010-2024 yillar statistik ma’lumotlari asosida O‘zbekistonda mehnat resurslari, iqtisodiy faollik, ishsizlik, bandlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jami bandlikdagi ulushi, oliy ma’lumotli xodimlar hamda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar soni dinamikasi tahlil qilindi. Tadqiqotda inson kapitali nazariyasi, tadbirkorlikning innovatsion tabiati, mehnat bozorining institutsional rivojlanishi va qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish konsepsiyalari asos qilib olindi. Xorijiy tajriba sifatida Yevropa Ittifoqi, Finlyandiya, Shvesiya, Daniya, Yaponiya va Xitoy amaliyoti ko‘rib chiqildi. Maqolada xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha kooperatsiya, kasbiy ta’lim, mikromoliya, ijtimoiy himoya, raqamlashtirish va agrotadbirkorlikka asoslangan takliflar ishlab chiqildi