Maqolada strategik rejalashtirishning O‘zbekiston Respublikasi sanoat sektorini samarali rivojlantirishni ta’minlashdagi vosita sifatidagi nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Strategiyalashtirish nazariyasining evolyutsiyasi, sanoat korxonalarini strategik boshqarishning maqsad va vazifalari, shuningdek, mamlakatda zamonaviy strategik rejalashtirish tizimini shakllantirish xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Strategik boshqaruvning normativ-huquqiy asoslari, jumladan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan yangilangan strategiya hamda yagona strategik rejalashtirish va rivojlantirish tizimini joriy etishni tartibga soluvchi hujjatlar tahlil qilingan. Sanoat ishlab chiqarishi va yalpi ichki mahsulot dinamikasi tahlili asosida sanoat sektorining O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha strategik maqsadlariga erishishdagi o‘rni asoslab berilgan. Sanoatning barqaror o‘sishini ta’minlash, texnologik modernizatsiyani amalga oshirish va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini oshirishda strategik rejalashtirishning ahamiyati to‘g‘risida xulosa chiqarilgan
Mazkur maqolada tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda xavflarni boshqarish tizimining (SUR) ahamiyati IMRAD metodologiyasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot xususan bojxona nazoratini optimallashtirish, eksport operatsiyalarini tezlashtirish hamda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni masalalarini qamrab oladi. Empirik ma’lumotlar va normativ-huquqiy hujjatlar tahlili asosida SUR tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan
Mazkur maqolada tibbiyot tashkilotlarida nomoliyaviy aktivlar hisobini yuritish amaliyoti tahlil qilinadi va uni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlar taklif etiladi. Nomoliyaviy aktivlar tibbiy uskunalar, dasturiy ta’minot, litsenziyalar, ilmiy ishlanmalar va boshqa aktivlarni o‘z ichiga olib, muassasaning xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Turli moliyalashtirish manbalaridan olingan nomoliyaviy aktivlarni hisobga olishda yagona yondashuvlar mavjud emasligi, avtomatlashtirish darajasining pastligi va hisob siyosatidagi nomuqobilliklar mavjud. Ushbu maqolada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sog‘liqni saqlash sohasi islohotlari fonida, hisob jarayonlarini raqamlashtirish, aktivlarni aniq baholash, hisob siyosati va ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirishga oid tavsiyalar ilgari surilgan.