Ushbu maqolada davlat xaridlari jarayonida big data yondashuvining roli, iqtisodiy samaradorlik va korrupsiyaga qarshi kurashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada O‘zbekistonda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunchilik asosida joriy etilayotgan elektron savdo platformalarining hozirgi holati, narx belgilashda bozor kon’yunkturasidan chetga chiqish hollarini aniqlash hamda “preferred supplier” amaliyotini erta bosqichda fosh etish masalalari yoritilgan. Big data texnologiyalari orqali taklif beruvchilarning ma’lumotlarini real vaqt rejimida qayta ishlash, sun’iy intellekt usullari bilan “qizil bayroq” signallarini aniqlash va demping yoki korrupsion kelishuvlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar bayon etiladi. Tadqiqot natijalari big data metodlari davlat xaridlari tizimida narx differensialini pasaytirish, raqobatni kuchaytirish va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish imkonini berishini ko‘rsatadi.