Mazkur maqolada to‘qimachilik korxonalarida mehnat unumdorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mehnat unumdorligining iqtisodiy mohiyati, unga ta’sir etuvchi asosiy omillar hamda ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, avtomatlashtirish, xodimlar malakasini oshirish va motivatsiya tizimlarini takomillashtirish orqali mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Maqolada mehnat unumdorligini oshirishning iqtisodiy samarasi, xususan, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulot tannarxini pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirishga ta’siri ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqot natijalari asosida to‘qimachilik korxonalarida samaradorlikni oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu tavsiyalar ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, resurslardan samarali foydalanish va korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi