Maqolda soliq imtiyozlarining samaradorligini baholovchi mezon va koʻrsatkichlarni ishlab chiqishning ayrim jihatlari yoritilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyati ijobiy moliyaviy natijaga erishishga qaratilgan boʻlishi lozim, bu natijaga esa soliq imtiyozlari va preferensiyalar sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Soliqqa tortish tizimi soliq toʻlovchi uchun qabul qilinishi mumkin boʻlishi kerak, chunki bu holat tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga bevosita taʼsir etadi. Soliq imtiyozlarini tizimlashtirish va ularning samaradorligini baholash davlatga meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni asosli ravishda ishlab chiqish imkonini beradi.
Mazkur maqolada turistik-rekreatsion zonalar samaradorligining nazariy va metodologik asoslari tahlil qilingan. Samaradorlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni mahalliy va xorijiy ilmiy manbalar asosida yoritib berilgan. Resurslardan oqilona foydalanish va natijadorlik o‘rtasidagi nisbat asosiy mezon sifatida asoslangan. Turistik-rekreatsion zonalar faoliyatini baholashda iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy ko‘rsatkichlarning ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, samaradorlikni aniqlashda turistlar oqimi, investitsiya qaytimi va bandlik darajasi muhim indikatorlar sifatida talqin qilingan. Ilmiy yondashuvlar asosida samaradorlikni kompleks baholash zarurati asoslangan. Turistik zonalarning hududiy rivojlanishdagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari samaradorlikni oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Mazkur yondashuv barqaror turizm rivojlanishini ta’minlashga ilmiy asos yaratadi.
“Oilaviy uy mehmonxona” xizmatlarini tashkil etish ma’lum tartibli ketma-ketlik va iqtisodiy-ijtimoiy mexanizmlar asosida tashkil etilishi, faoliyat turining maqsadlari, talab etiladigan sharoitlarni, iqtisodiy subyektlarning huquq va burchlari hamda asoslanadigan mezonlarni belgilab olish.
Mazkur maqolada tijorat banklari faoliyati barqarorligini mustahkamlashda reyting tizimi asosida baholashning nazariy va amaliy asoslari keng yoritilgan. Bank nazoratining xalqaro tajribalari, reyting baholash usullari hamda CAMELS tizimi asosida baholash yondashuvlari tahlil qilinadi. Reyting tizimlarida foydalanilayotgan baholash mezonlari, shkalalar va metodik yondashuvlar, xususan raqamli va alifbo asosidagi reyting ifodalari batafsil ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, kompleks va ekspert baholash uslublarining afzalliklari, cheklovlari, ulardan foydalanish shart-sharoitlari hamda baholash modelining mezon tanlashdagi muhim jihatlari asoslanadi. Maqolada reyting tizimining samaradorligini oshirish uchun sifatli axborotlarni to‘plash, matematik-statistik modellarni qo‘llash va baholash parametrlarini to‘g‘ri tanlash zarurligi ta’kidlanadi. Banklarning moliyaviy holatini obyektiv baholash orqali ularning ishonchliligi va barqarorligini oshirishda reyting tizimi muhim vosita sifatida e’tirof etiladi.