Mazkur ishda farmatsevtika sanoati korxonalarida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda xomashyo va material resurslari, asosiy ishlab chiqarish fondlari, mehnat, moliyaviy hamda intellektual resurslarning farmatsevtika ishlab chiqarishidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston farmatsevtika sanoatida resurslardan foydalanishning hozirgi holati va rivojlanish dinamikasi baholanib, mavjud muammolar aniqlangan. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan texnologik modernizatsiya, raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish, GMP va “Lean manufacturing” tamoyillarini qo‘llash, mahalliy xomashyo bazasini kengaytirish hamda kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu takliflarning amaliyotga tatbiq etilishi ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish, mahsulot sifati va xavfsizligini oshirish, raqobatbardoshlik hamda korxonalarning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qilishi asoslab berilgan
Bugungi global iqtisodiyot sharoitida bozorda o‘zgarishlar tez sur’atlar bilan yuz bermoqda. Natijada biznes subyektlari tomonidan bozorga taklif etilayotgan mahsulotlarning yangilanish davrlari qisqarishi yuz berdi. Bozorlarda yangi mahsulotlarning ko‘payishi va ularning muttasil takomillashtirilishi bozor ishtirokchilari uchun mahsulotlarni yangilash bilan bog‘liq qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Dunyo bo‘ylab texnologik taraqqiyotning yoyilishi turli mintaqalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifatini va texnik ko‘rsatkichlarini bir-biriga yaqinlashishiga olib keldi. Bunday sharoitda raqobatda ustunlik va barqaror rivojlanishda xarajatlarning o‘rni oshdi. Xarajatlardan tejamkorlik bilan foydalanish va ularni samarali boshqarish ehtiyojga aylandi. Xarajatlarni samarali tashkil etish va mahsulot raqobatbardoshligini oshirishda xarajatlarni tashkil etishning zamonaviy usullaridan foydalanish ayniqsa dolzarb vazifadir. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar olimlari tomonidan xarajatlarni rejalashtirish va uni boshqarishning bir qator zamonaviy usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu usullarni har tomonlama o‘rganish va ularni biznes subyektlari faoliyatiga tadbiq etish muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. Ushbu ilmiy ishda hozirgi kunda amaliyotda bo‘lgan xarajatlarni boshqarishning zamonaviy usullari to‘g‘risida fikr yuritishga harakat qilindi.
Ushbu maqolada mintaqaning bugungi kunda yangi zamonaviy xizmatlar qatorida autsorsing xizmatlarining o‘ziga xos xususiyatlari, muvaffaqiyat strategiyalari sifatida qaralishi muallif tomonidan aks ettirilgan. Qolaversa, autsorsing xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.