Ushbu maqolada tijorat banklarining depozit bazasining yetarliligi, unga ta’sir etuvchi omillar, bank dapozitlari va kreditlarining muddatlari, foizlari va hajmi bo‘yicha mutanosiblikning ta’minlanishi va depozitlar va kreditlarning o‘sish tendensiyalari tahlil qilingan. Bank depozitlari va kreditlarining transformatsiya riskining vujudga kelish sabablari o‘rganilgan. Bundan tashqari bank kredit xizmatlaridagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan
Mazkur maqolada bank tizimida muammoli kreditlar (NPL), ularning xususiyatlari, hisob va statistikasining yuritilishi, ular bo‘yicha zaxiralarning to‘g‘ri hisoblanishi, Germaniya Deutsche bankida kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi yaratilgan zaxiralar holati va bank kredit portfelini sog‘lomlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida muammoli qarzdorlik (NPL) o‘sish omillari makroiqtisodiy va bankka xos determinantlar uyg‘unligida tahlil qilinadi hamda kredit riskini erta ogohlantirish mexanizmlari (EWS)ning aktivlar sifati yomonlashuvining protsiklik xususiyatini kamaytirishdagi roli baholanadi. Empirik asos sifatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining NPL va kredit portfeli bo‘yicha rasmiy ko‘rsatkichlari, shuningdek, bank sektori transformatsiyasi sharoitida NPL determinantlariga oid zamonaviy tadqiqotlar yondashuvlari qo‘llanadi. Davlat ulushi mavjud banklar va boshqa banklar o‘rtasidagi institutsional farqlar, NPLni regulyator o‘lchovi va IFRS 9 yondashuvi o‘rtasidagi taqqoslanish muammosi hamda restrukturizatsiya amaliyotlari alohida yoritiladi. Natijalar asosida aktivlar sifati bo‘yicha oshkoralikni kuchaytirish, IFRS 9 indikatorlarini nazorat monitoringiga integratsiya qilish va EWS triggerlarini standartlashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqiladi.
Ushbu maqolada yashil kreditlar portfelini shakllantirish jarayonida banklar duch keladigan asosiy risklar va ularni boshqarish strategiyalari tahlil qilindi. Xalqaro tajriba asosida kredit, iqlim, tranzit, texnologik, operatsion, bozor va “greenwashing” xavflarining tabiati ochib berildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil kreditlar an’anaviy kreditlardan farqli ravishda murakkab risk profiliga ega bo‘lib, ular uchun ekologik taksonomiya, energiya samaradorlik sertifikatsiyasi, mustaqil audit va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmlar zarur. O‘zbekiston sharoitida ham ushbu vositalarni joriy etish banklar kredit portfelining sifatini oshirish, ekologik xavflarni kamaytirish va iqtisodiyotning “yashil transformatsiya”sini tezlashtirishga xizmat qiladi