Davlat xaridlari iqtisodiy tizimning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, ular davlatning byudjet mablag'larini samarali taqsimlash va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni amalga oshirishda asosiy rol o'ynaydi. Davlat xaridlarining kelib chiqishi qadimgi davrlarga borib taqaladi va ularning rivojlanish bosqichlari vaqt o'tishi bilan o'zgarib, zamonaviy talablarga moslashgan. Boshlang'ich bosqichlar oddiy tovar almashinuvidan iborat bo'lgan bo'lsa, hozirgi kunda davlat xaridlari elektron platformalar va xalqaro standartlarga asoslangan boshqaruv tizimini o'z ichiga olgan kompleks jarayonga aylandi.
Ushbu maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlarda joriy aktivlar hisobini yuritish jarayonida xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS) talablarini joriy etish bo‘yicha mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda takomillashtirish yo‘nalishlari o‘rganilgan. Amaldagi me’yoriy tartibotlar, hisob siyosati, baholash usullari va xalqaro standartlar talablari solishtirildi. Tadqiqot natijasida joriy aktivlar hisobi shaffofligini oshirish, baholashning aniq va ishonchli usullaridan foydalanish hamda moliyaviy natijalarning haqqoniy aks ettirilishini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi
Maqolada O‘zbekistonda kichik biznes subyektlarining iqtisodiy faoliyati, ularning soha va hududlar kesimidagi rivojlanish dinamikasi hamda tarkibiy o‘zgarishlari ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Kichik biznesning milliy iqtisodiyotdagi strategik ahamiyati xususan, yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki va aholining bandligini ta’minlashdagi o‘rni ushbu tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyatini belgilab beradi. Tadqiqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligining ma’lumotlari asosida kichik biznes subyektlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasi tahlil qilingan. Xususan, YaIMdagi hissasi, eksportdagi ishtiroki hamda sohalar kesimidagi rivojlanish yo‘nalishlari o‘rganilgan. Shu bilan birga, mavjud muammolar va ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy va strategik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada keltirilgan xulosalar va tavsiyalar milliy iqtisodiyotda kichik biznes subyektlarining samaradorligini oshirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.