• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
KICHIK BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASHNING MINTAQAVIY IQTISODIY MEXANIZMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Rustam Omanov , Sardor Rahimov

Ushbu maqolada mintaqaviy iqtisodiy nazariya va institutsional tahlildan foydalangan holda kichik biznesni mezo-darajada qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy mexanizmini o‘zgartirishning hozirgi holati va strategik ko‘rsatmalari ko‘rib chiqiladi. Qashqadaryo viloyati va O‘zbekiston Respublikasida 2022–2025 yillardagi empirik statistik ma'lumotlardan foydalangan holda, sektorning inson resurslari salohiyati va uning yalpi mintaqaviy mahsulot va yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdagi ulushi chuqur qiyosiy tahlil qilinadi. Mahalliy iqtisodiy tizimning makroiqtisodiy anomaliyasi asoslanadi,  YaHM tuzilmasida kichik biznesning juda yuqori ustunligi 70,6% gacha va o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar. Vaqt tendensiyalarini baholash uchun ekonometrik vositalardan foydalangan holda, muallif keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlash modelining asosiy institutsional cheklovlarini aniqlaydi va mintaqaning moliyaviy va ishlab chiqarish aloqalarini diversifikatsiya qilishga qaratilgan makroiqtisodiy tartibga solish infratuzilmasini sifatli modernizatsiya qilishning keng qamrovli, ilmiy asoslangan mexanizmini ishlab chiqadi

06/30/2026
  • PDF
841-846 42 27
SANOAT KORXONALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY VA IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH (O‘ZBEKISTONDAGI CHARM SANOATI MISOLIDA)
Shaxnoza Mirsaidova

Ushbu maqolada O‘zbekistondagi charm sanoati misolida sanoat korxonalari samaradorligini oshirishning tashkiliy va iqtisodiy mexanizmi ko‘rib chiqiladi. Sanoatning hozirgi holatini tahlil qilish asosida (2024-yilda ishlab chiqarish hajmi 3,8 trillion so‘m, eksport 42,8 million dollar) texnologik qoloqlik, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlarning past ulushi, xom ashyo eksporti uchun samarasiz soliq va bojxona siyosati va malakali kadrlar yetishmasligi kabi asosiy muammolar aniqlangan. Ushbu mexanizmni takomillashtirish yo‘nalishlari taklif qilingan, jumladan, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni optimallashtirish, chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish, texnologik modernizatsiya qilish va inson resurslarini rivojlantirish. Ushbu takliflarni amalga oshirish 2030-yilga kelib eksportni 320 million dollarga yetkazish va xalqaro bozorda o‘zbek charmining raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi

02/11/2026
  • PDF (Russian)
328-334 120 56
MINTAQALARNING BARQAROR RIVOJLANISHI SHAROITIDA IQTISODIY STRATEGIYANI SHAKLLANTIRISH METODOLOGIYASI
Abdurashid Qodirov

Ushbu maqolada mintaqaviy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda yangi iqtisodiy sharoitlarda hududlarning o‘rni, roli va vazifalari ko‘rib chiqilgan, o‘zgaruvchan iqtisodiyot sharoitida mintaqani rivojlantirishning metodologik jihatlari ochib berilgan, strategiyani yangi institutsional sharoitda amalga oshirish mexanizmlari asoslangan. Shu bilan birgalikda, muayyan mintaqaning rivojlanish strategiyasi mamlakatning rivojlanish strategiyasiga mos kelishi va u bilan yaxlit bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan

07/09/2026
  • PDF
896-906 33 11
QURILISH XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMINING NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSLARI
Dilafruz Abdullayeva

Maqolada qurilish xizmatlarini mustaqil xizmatlar segmenti sifatida rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini shakllantirishga doir nazariy-metodologik yondashuvlar asoslab beriladi. Tizimli va institutsional yondashuvlar asosida mexanizmning mohiyati hamda tuzilmasi aniqlashtirilib, uning asosiy bloklari va instrumentlari ajratib ko‘rsatiladi, shuningdek qurilish xizmatlarining hududiy rivojlanishdagi multiplikativ ta’siri yoritiladi. O‘zbekistonda real sektorni jadallashtirish va infratuzilmani modernizatsiya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy baza mexanizmning institutsional ta’minoti sifatida talqin qilinadi. Keyingi empirik tadqiqotlar uchun samaradorlikni baholashning metodologik qoidalari taklif etiladi.

02/19/2026
  • PDF (Russian)
499-504 117 59
IJTIMOIY XIZMATLAR TUSHUNCHASINING MOHIYATI VA TAVSIFIGA OID NAZARIY QARASHLAR
Farrux Shanazarov

Maqolada ijtimoiy xizmatlar tushunchasining mohiyati va iqtisodiy kategoriya sifatidagi o‘rni turli nazariy yondashuvlar asosida tahlil qilingan. Institutsional nazariya, jamoat va merit tovarlari nazariyasi, farovonlik davlati konsepsiyasi hamda inson kapitali nazariyasi doirasida ijtimoiy xizmatlarga berilgan ilmiy ta’riflar tizimlashtirilgan. Ijtimoiy xizmatlarning ijtimoiy adolat, ijtimoiy barqarorlik va inson kapitalidan foydalanish samaradorligini oshirishdagi roli asoslab berilgan. Xorijiy va milliy olimlar yondashuvlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ijtimoiy xizmatlarga berilgan ta’riflar tahlil qilingan. Mualliflik yondashuvi asosida ijtimoiy xizmatlar o‘tish iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishga ta’sir ko‘rsatuvchi investitsion va institutsional mexanizm sifatida talqin qilingan.

01/28/2026
  • PDF
178-185 141 64
YASHIL MOLIYALASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI, MAZMUNI VA IQTISODIY AHAMIYATI
Jasurbek Turg‘unov

Mazkur maqolada yashil moliyalashtirishning nazariy asoslari, mazmuni, ahamiyati hamda barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida yashil moliyalashtirish tushunchasiga berilgan turli ilmiy yondashuvlar umumlashtirilib, uning iqlim o‘zgarishini yumshatish va moslashuv jarayonlaridagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, yashil moliyalashtirishning asosiy yo‘nalishlari, moliyaviy instrumentlari hamda global yashil moliya bozorining rivojlanish tendensiyalari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari yashil moliyaning ekologik barqarorlik, iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy farovonlikni ta’minlashdagi muhim strategik mexanizm ekanini ko‘rsatadi hamda ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha xulosalar va takliflar ishlab chiqilgan.

05/26/2026
  • PDF
246-252 89 51
HUDUDIY INVESTITSIYA SIYOSATINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILLARI VA MEXANIZMLARI
Nurislom Temirov

Ushbu maqolada O‘zbekiston hududlarida investitsiya siyosati samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda hududiy tafovutlarni kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish va investitsion faollikni muvozanatlashtirish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida xorijiy investitsiyalar oqimi va asosiy kapitalga yo‘naltirilgan sarmoyalar dinamikasi o‘rganilgan. Taklif etilgan hududiy differensial siyosat mexanizmi investitsion muhitni barqarorlashtirish hamda hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlarni kamaytirishga qaratilgan

10/26/2025
  • PDF
673-680 115 139
OILAVIY UY MEHMONXONA XIZMATLARINING TASHKILIY MEXANIZMLARI
Dilbar Aslanova , Jasur Fattayev

“Oilaviy uy mehmonxona” xizmatlarini tashkil etish ma’lum tartibli ketma-ketlik va iqtisodiy-ijtimoiy mexanizmlar asosida tashkil etilishi, faoliyat turining maqsadlari, talab etiladigan sharoitlarni, iqtisodiy subyektlarning huquq va burchlari hamda asoslanadigan mezonlarni belgilab olish.

05/25/2025
  • PDF
75-78 210 86
SIRKULYAR IQTISODIYOTNING KOMBINATSIYALASHGAN PAKETLAR MEXANIZMI VA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Zokir Sodikov

Maqolada sirkulyar iqtisodiyotning kombinatsiyalashgan paketlar mexanizmi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, iqtisodiy, ekologik va institutsional instrumentlarning yagona tizim sifatida uyg‘unlashuvi orqali resurslardan samarali foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash jarayonlarini optimallashtirish masalalari o‘rganiladi. Tadqiqotda moliyaviy rag‘batlar, soliq mexanizmlari, kengaytirilgan ishlab chiqaruvchi mas’uliyati (EPR), yashil investitsiyalar va davlat siyosatining integratsiyalashgan ta’siri tahlil qilinadi. Natijada kombinatsiyalashgan yondashuvning ustunliklari va uni milliy iqtisodiyotda qo‘llash imkoniyatlari asoslab beriladi

04/20/2026
  • PDF
309-316 102 46
QURILISH MATERIALLARI SANOATIDA ISHLAB CHIQARISHNI SIFAT MENEJMENTI TAMOYILLARI ASOSIDA TASHKIL ETISHNING NAZARIY JIHATLARI
Ilmurad Achilov

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida qurilish materiallari sanoati rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari tahlil qilinib, ishlab chiqarish jarayonlarini sifat menejmenti tamoyillari asosida tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Sifat menejmenti tizimlarini joriy etishda xalqaro ISO 9001:2015 standartining ahamiyati, uning iqtisodiy samaradorlik va raqobatbardoshlikka ta’siri ilmiy asoslangan. 2018-2024 yillar davomida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlari, eksport ko‘rsatkichlari va ISO standartlariga ega korxonalar ulushi bo‘yicha tahliliy jadvallar shakllantirilib, ularning o‘zgarish dinamikasi ochib berilgan. Shuningdek, sifat menejmenti tizimini joriy etish natijasida korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligi, energiya tejamkorligi va mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining o‘sishi aniqlangan.

10/11/2025
  • PDF
433-441 176 80
TURISTIK KORXONALAR FAOLIYATIDA INNOVATSION MEXANIZMLARDAN  FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Dilfuza Yuldasheva

Ushbu maqolada turizm korxonalari faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha aniq innovatsion mexanizmlarning samaradorligi oʻrganilib, jahonda ushbu sohani rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan eng soʻnggi innovatsion mexanizmlar, sunʼiy intellekt asosidagi bronlash tizimlari, virtual reallik sayohatlari, barqaror turizm tashabbuslari kabi yoʻnalishlar va ularning natijadorligi oʻrganilgan.

03/14/2025
  • PDF
31-36 176 99
1 - 11 from 11

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 

 

               

 

 

 

Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer