Mazkur maqolada jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqlarning turli mamlakatlardagi tizimi va undirish mexanizmlarining solishtirma tahlili keltirilgan. Soliq stavkalari, imtiyozlar, deklaratsiya tartiblari hamda to‘lov usullari bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning amaliy tajribalari tahlil qilinib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri yoritilgan. Shuningdek, progressiv va proporsional soliqlarning adolatli taqsimotga ta’siri hamda investitsion daromadlarga nisbatan soliqlarning o‘rni muhokama qilingan. O‘zbekiston soliq tizimini takomillashtirishda xorijiy tajribalardan foydalanishning istiqbollari asoslangan. Maqolada daromad solig‘ini yig‘ish mexanizmlarining samaradorligi va adolatlilik darajasi iqtisodiy barqarorlik va byudjetga tushumlar nuqtai nazaridan tahlil etilgan.
Maqolada koʻchmas mulklarni soliqqa tortish, uning xususiyatlari, ushbu yoʻnalishda tadqiqot olib borgan olimlar, koʻchmas mulkni soliqqa tortishning huquqiy asoslari, kadastr qiymatini indeksatsiyalashning taklif etilayotgan metodologiyasi, koʻchmas mulkni soliqq tortishda kadastr baholash yondashuvlari, koʻchmas mulk soligʻi stavkalarini belgilashda xorijiy mamlakatlarning tajribalari yoritib oʻtilgan
Maqolada moliyaviy nazorat tizimini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish masalalari yoritiladi. Moliyaviy nazoratni raqamlashtirishning davlat moliyaviy boshqaruvi samaradorligiga ta’siri hamda ushbu jarayonning xalqaro e’tirof etilgan tamoyillar bilan uyg‘unligi tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar nazorat jarayonlarining tezkorligi va uzluksizligini ta’minlab, moliyaviy resurslar harakati ustidan samarali monitoringni amalga oshirish imkonini berishi asoslanadi. Shuningdek, moliyaviy nazoratni raqamlashtirish uni an’anaviy tekshiruvlardan preventiv va tahliliy boshqaruv mexanizmiga aylantirish imkoniyatiga ega ekani ko‘rsatib beriladi