Мақолада анъанавий, инновацион ва креатив иқтисодий муносабатларнинг моҳияти ва амал қилиш механизмлари қиёсий таҳлил қилинган. Креатив иқтисодиётнинг ижодий фикр, интеллектуал мулк ва рақамли платформаларга таянадиган қиймат яратиш модели ёритилган. Инновацион иқтисодиётда технология ва илмий янгиликлар устуворлиги асосланган. Анъанавий иқтисодиётнинг моддий ресурсларга таянган тартиблари кўрсатилган. Таҳлил натижасида ушбу уч иқтисодий моделни ўзаро уйғун ривожлантириш миллий иқтисодиёт самарадорлигини ошириши қайд этилган
Maqolada pedagogika texnikumlarida o‘quv-bilish faoliyatini amaliyotga yaqinlashtirish maqsadida “Teaching Factory” elementlarini joriy etish tajribasi tahlil qilindi. Tadqiqot 5 texnikumda 12 hafta davomida olib borilib, 60 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Eksperimental guruhda mini-loyiha, demo-dars, real buyurtmaga asoslangan topshiriqlar va portfel baholash kabi komponentlar joriy qilindi. Natijalar kreativ fikrlash, muammoni hal qilish, jamoaviy hamkorlik, raqamli savodxonlik va refleksiya kompetensiyalarida 24–31 foiz o‘sishni ko‘rsatdi. SPSS tahlilida p<0.001 va Cohen’s d yuqori qiymatlar modelning ta’sirchanligini tasdiqladi. Olinan xulosalar Teaching Factory modelini pedagogika texnikumlari uchun samarali o‘quv texnologiyasi sifatida joriy etish zarurligini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada integrativ ta’lim muhitida talabalar kasbiy kompetensiyalarini samarali rivojlantirish mexanizmi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh va kreativ fikrlaydigan mutaxassislarni tayyorlash zarurati bilan asoslanadi. Maqolada integrativ yondashuvning mazmun-mohiyati, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda fanlararo integratsiya asosida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish omillari yoritilgan